Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-oktabr

Ushbu siyosat Izoh.uz veb-sayti (izoh.uz) va Izoh.uz mobil ilovasi foydalanuvchilarining qanday ma’lumotlari yig‘ilishi, nima uchun ishlatilishi va ularni qanday o‘chirish mumkinligini tushuntiradi.

Akkauntsiz foydalanish

Lug‘atni qidirish va so‘zlarni o‘qish uchun akkaunt shart emas. Bunda biz sizni taniydigan hech qanday shaxsiy ma’lumot so‘ramaymiz. Qidiruv so‘rovlari lug‘atni yaxshilash uchun statistika sifatida, hech kimga bog‘lanmagan holda saqlanadi.

Akkaunt ochganda yig‘iladigan ma’lumotlar

  • ismingiz, email manzilingiz va parolingiz (parol faqat shifrlangan, qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rinishda saqlanadi);
  • Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, email va profil rasmi;
  • saqlagan so‘zlaringiz ro‘yxati;
  • qo‘shgan izohlaringiz va bergan ovozlaringiz (tasdiqlangan izohlar ismingiz bilan ochiq ko‘rsatiladi).

Email manzil faqat akkauntni tasdiqlash va parolni tiklash kodlarini yuborish uchun ishlatiladi. Reklama yoki boshqa xabarlar yuborilmaydi.

Texnik ma’lumotlar

Server xavfsizlik va suiiste’molning oldini olish (masalan, so‘rovlar sonini cheklash) uchun IP manzil va so‘rov vaqtini qisqa muddat qayd etadi. Mobil ilova kirish tokenini va tanlangan til sozlamasini qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlaydi.

Veb-sayt tashrif statistikasi uchun Google Tag Manager orqali cookie fayllaridan foydalanadi. Mobil ilovada reklama, analitika yoki kuzatuv vositalari yo‘q.

Ma’lumotlarni uzatish

Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda amalga oshiriladi.

Akkauntni o‘chirish

Akkauntingizni istalgan vaqtda o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin:

O‘chirilganda akkaunt, saqlangan so‘zlar, qo‘shgan izohlaringiz va ovozlaringiz darhol va butunlay o‘chiriladi. Ularni qayta tiklab bo‘lmaydi.

Bolalar

Lug‘atdan har kim foydalanishi mumkin, ammo akkaunt ochish 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Aloqa

Savollar bo‘lsa, Telegram yoki aloqa sahifasi orqali yozing. Siyosat o‘zgarsa, ushbu sahifa yangilanadi.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz

Imlo.uz — O'zbek tilining imlo lug'ati. Saytda 87 000 ortiq so'z bor. So'zning to'g'ri yozilishini tekshiring.

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

imlo.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 36 485 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2026
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+