begonalik
bilan ulashing
1. Begona kishining holatiga tushish.
-
U [Elmurod] kun sayin aka-uka, yor-ogʻayniga aylanib borayotgan kishilar orasida oʻzining begonaligini unuta bordi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Avvaliga yotsirash, begonalik uni qiynadi. Keyin esa Mirzoni odamlarning oʻsha baland togʻlardek ulugʻ qalbi, pokizaligi oʻziga rom qilib oldi. Yoshlik
2. Yot, chet kishilarga xos boʻlgan munosabat.
-
[Gulsumbibi:] Begona har vaqt begonaligini qiladi. Qizim baxtli boʻladimi, oʻtda yonadimi, Mirzakarimboyga bari bir. Oybek, Tanlangan asarlar
BEGONALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕГОНАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
begonalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar