bo‘y
bilan ulashing
1. Kishi qomatining balandligi; gavdaning boshdan-oyoq koʻrinishi; boʻy-bast, qomat.
-
Boʻyi baland odam. Boʻyi past odam. Boʻyingga qarab toʻn bich. Maqol
-
Oʻziga yeng boʻlmagan oʻzgaga boʻy boʻlmas, Maqol
-
Tuyaday boʻy berguncha, Ninaday aql bersin. Maqol
-
Gulnorning boʻyi oʻsib, koʻkragi toʻlishib, butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chogʻda, boyvachcha uni koʻz tagiga olib qoʻygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uyingning ortidan oʻtlar teraman, Boʻyingni boʻyimga tenglab koʻraman. Qoʻshiqlar
-
Kampir koʻchaga chiqqanida, koʻcha eshigidan baland boʻyli, qosh-koʻzlari qop-qora oʻgʻli Qodir koʻrindi. Saodat
2. Yuqoriga choʻzilgan qoʻl balandligi.
-
Tokchaga boʻyim yetmayapti.
-
Devor oʻlguday baland-da, boʻyi yetmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Tik turgan narsalarning balandligi.
-
Minoraning boʻyi. Boʻyi uzun terak.
-
Rayondagi maktab binolari bilan boʻy oʻlchashadigan maktab binosi soldik. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Baʼzi narsalarning (uy, yer, maydon va boshqalar) uzun tomoni.
-
Boʻyi olti metr, eni toʻrt metr uy.
-
Ungur eniga bir quloch, boʻyiga bir yarim quloch qilib qazilayotgan boʻlsa ham aytishga oson, qazishga qiyin katta ungur edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Quruqlikning ariq, daryo, dengiz kabilarga tutash joyi; qirgʻoq, sohil.
-
Daryo boʻyi. Suv boʻyi. Hovuz boʻyi.
-
Elmurod bilan Abdurasul yoʻl boʻyidagi tepalikka chiqdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salomatligini sovurayotgan odam ariq boʻyida suv qadrini bilmay oʻtirgan kishiga oʻxshaydi. Gazetadan
-
Rixsi xola nafasini rostlash uchun ariq boʻyiga choʻnqaydi. S. Zunnunova, Olov
-
Hovuzning boʻyida tomingiz bormi, Xastaday turibsiz, holingiz bormi? Qoʻshiqlar
6. koʻm. (3-shaxs egalik affiksi bilan) Davomida; mobaynida.
-
Kun boʻyi. Yil boʻyi.
-
Ayol tun boʻyi azob chekib, tongotarga yaqin koʻzi yoridi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kecha koʻylakchan chiqib, kun boʻyi sovuq yedim. Gazetadan
-
Biram shirin, asrlar boʻyi hayot suvini va dehqon qoʻlini kutib yotgan dashtdagina shunday qovun bitadi. Y. Shamsharov, Toshqin
bo‘y soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻy bermoq
-
sayozlikning narigi tomonidagi daryo tarmogʻiga tushib koʻrgan edi, chuqur ekan, boʻy bermadi. J. Sharipov, Xorazm
-
[Rohat Sharifga:] Kechirasiz, jazmaningizni shu mahaldan jilovlab olmasak, keyin boʻy bermaydigan boʻlib ketadi. Uygʻun, Hurriyat
-
Bir falokatni sezgan nortuya egasiga boʻy bermay, shataloq otib, uni yiqitibdi M. Mansurov, Yombi
Boʻyi(ga) yetmoq
-
Qizing boʻyi yetsa, qizi yaxshi bilan qoʻshni boʻl, Oʻgʻling er yetsa, oʻgʻli yaxshi bilan qoʻshni boʻl. Maqol
-
Boʻyiga yetgan qiz bilan yigit bir-birlari bilan topishsalar, bunga hech kim qarshi kelmaydi. S. Ayniy, Esdaliklar
Boʻy egmoq
-
Toʻraxonovning koʻzi oldida boʻy egmagan Bahorning, magʻrur turgan Xayrining yuzlari yaqqol gavdalandi! Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Bir kezlar boʻy egmay kelgan Sirdaryo suvi endi jilovlanganicha pishqirib, pastga otilyapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Bor boʻyicha
Boʻy choʻzmoq
-
Ayni gʻoʻzalar boʻy choʻzib qolganda, qora qurt uning ildizini qirqa boshlaydi. G. Nurullayeva, Soʻnggi dovon emas
-
Qiz bola boʻy choʻzib qolgandan keyin, yigit kishining uning uyiga hadeb kelaverishi odobga ham, axloqqa ham toʻgʻri kelmaydi: qizning boshi malomatga qoladi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Quyoshli bahor ertasi juda ham yoqimliki, yurgan sari yurging keladi, gullagan olma shoxlariga boʻy choʻzib, barra maysalarni bosib yurging keladi. A. Muxtor, Opa-singillar
Koʻkka (yoki falakka) boʻy choʻzgan
-
Koʻkka boʻy choʻzgan binolar.
-
Yerda yopishib yotgan nihollar, suv berilgach, qaddini rostlab, koʻkka boʻy choʻzdi. Gazetadan
-
Koʻp qavatli goʻzal uylar koʻkka boʻy choʻzib turadi. Gazetadan
-
Yangi madrasaning peshtoqlari ham falakka boʻy choʻzib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
Odam boʻyi
-
odam boʻyi baland koʻtarilib solingan kattagina shiypon, atrofi gulzor. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Joʻraxon yetib borganda, yuzdan ortiq xotin-qiz odam boʻyi boʻlib gʻovlab oʻsgan, koʻm-koʻk yovvoyi oʻtga yopirilgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Qamishlar ikki odam boʻyi oʻsgan, poyoni koʻrinmas, shabadada bir ohangda mungli shovullaydi. H. Gʻulom, Feruza
Terak boʻyi
-
Mana, kun ham terak boʻyi koʻtarilib qoldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Ziyobek boy uyidan chiqib, yoʻngʻichqazorga kelganda, kun allaqachon botib, oy terak boʻyi koʻtarilib qolgan edi. N. Fozilov, Diydor
-
Samolyot terak boʻyi pasaydi. Varrak terak boʻyi chiqdi.
Tizza boʻyi
-
Oʻsha yili qish erta tushdi. Ustma-ust yoqqan qor ikki kunda tizza boʻyi boʻldi. M. Hazratqulov, Jurʼat
Tom (yoki nayza, odam) boʻyi
-
Shu payt roʻparamdan tom boʻyi beton uyushari ortidan lip etib quloqchin kiygan, uzun boʻyli yigit chiqdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Narx-navo har kun tom boʻyi sakrab turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jimjit kechqurun Samarqanddan chiqib, kun nayza boʻyi koʻtarilganda, Temur darvozasidan oʻtdi N. Safarov, Olovli izlar
Boʻyida boʻlmoq
-
Sahro voqeasidan uch oy oʻtganda, boʻyimda boʻlib qolganiga ortiq gumonim qolmadi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shu-shu, qaytib boʻyida boʻlmadi. Bormagan dok-tori qolmadi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Qizining boʻyida boʻlmayotgani Qunduz opani tashvishga solar, kechalari uyqularini olib qochardi. Gazetadan
Boʻyi(ngiz) yetmaydi
-
Bilaman, siz qoʻrqmay-siz! Suyangan togʻingiz baland! Oʻrtoq Nosirovga hech kimning boʻyi yetmaydi. A. Qahhor, Sinchalak
Shu boʻyi
-
Shu boʻyi tuni bilan yigʻlab chiqibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shu boʻyi men Anvarni qaytib koʻrmadim. H. Ahmar, Kim haq?
-
Shu boʻyi bir hafta Meʼmor uydan chiqmadi. Mirmuhsin, Meʼmor
Hid, is.
-
Anvar qizning yuzidan oʻpdi va uning toʻzgʻigan sochlarini toʻgʻrilab, hayotbaxsh kokillarining muattar boʻyini hidladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Lolalar yashil maysazor uzra boʻy taratib, bosh egadi. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Suv sepilgan koʻchalarda rayhon boʻylari bilan qorishib, tuproq hidi anqidi. Saodat
BO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing