bo‘yin
bilan ulashing
1. (3-shaxs birlikda — boʻyni)
2. Odam va umurtqali hayvonlar gavdasining bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi.
-
Oʻgʻrini solsang qoʻyningga, Sirtmoq tushar boʻyningga. Maqol
-
Xotin — boʻyin, er — bosh. Maqol
-
Tongning mayin shabadasi Nusratbekning boʻyinlarini yoqimli silab-siypaladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Toʻrtkoʻz boʻrining boʻynidan qattiq tishlab, u yoqqa-bu yoqqa yulqilab koʻrdi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
-
Qora koʻzlari uchqun sochib porlaydi. Koʻkraklar baland. Boʻyni oq marvaridday silliq, lablari ehtirosli. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Baʼzi asboblarning ingichka uzunchoq qismi; boʻgʻiz.
-
Dutorning boʻyni. Shishaning boʻyni.
-
Devoriga tolgul va boʻyni uzun oftobaning surati solingan baland ayvon. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Noʻsh etib, uyga kelurman, yerda turmaydur oyoq, Shishalar boʻyni uzilsin, bosh egib qon yigʻlasin. Habibiy, Devon
4. tex. Oʻq, val va shu kabilarning podshipnikka oʻrnatiladigan qismi.
-
Val boʻyni.
bo‘yin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻyin bukmoq
-
Bu dahshatni, ofatni, u, ehtimol, bir taqdir, bir zaruriyat deb tushunganda, balki kamtarlik bilan boʻynini bukkan boʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Boʻyin egmoq (yoki solmoq)
-
Ikkala ot uzoq yoʻl bosib horiganidan, ogʻir boshlarini koʻtarishga majoli kelmaganday, boʻyinlarini egib turardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Egilgan boʻyinni qilich kesmaydi. Maqol
-
Shunda ham oʻzidan past deb yurgan kishisiga boʻyin eggisi kelmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kumush uyalib, zoʻrgʻagina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib, boʻyin egdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boʻyin egib hammasi, Taʼzim qilib turadi. Oysuluv
-
Dushmanga boʻyin egma. Maqol
-
Eski raislar boʻyin egarmikan bu yosh juvonga. I. Rahim, Ixlos
-
Eshboyev bu takabbur, bezbet bolani boʻyin egishga majbur qilolmagan edi. Yoshlik
Boʻyin qismoq
-
[Otam] Bir kun erimning uzoq sayilga ketganini eshitib, uyimga yetim boladek boʻynini qisib kirib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Boʻyin bermoq
-
U birovga boʻyin berishni yomon koʻra-di. S. Ahmad, Ufq
-
Ikki yigit chopa kelib, uning jilovidan tutishdi. Qora Baxmal boʻyin bermay, siltab tashlardi. S. Ahmad, Jimjitlik
Boʻyin burmoq
-
Sal norozilik qilib, ishdan boʻyin burganlarning boshi baloga qolar, bundaylarga surgun, badargʻa doim tahdid solib turardi. K. Yashin, Hamza
-
— Siz, ustod, bir nima desangiz, biz boʻyin burgan emasmiz, — dedi Meʼmorning chehrasi ochilib. Mirmuhsin, Meʼmor
Boʻyin sunmoq
-
Nomardlarga aslo sunma boʻyningni, puch yongʻoqqa toʻldiradi qoʻyningni. Maqol
Boʻyin tovlamoq (yoki tortmoq)
-
Darvesh Ali qoʻzgʻolonini bostirishga Alisherning oʻzini yuboring. Yo Alisher bu ishdan boʻyin tovlaydi, yo borib, fitnani bartaraf qiladi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Bu podshohimizning oliy farmoni, undan boʻyin tovlaydiganlarga u shafqat qilib oʻtirmaydi. K. Yashin, Hamza
Boʻyin toʻlgʻamoq
-
Bizlar bamaslahat nima desak, u boʻyin toʻlgʻamas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Boʻyin qoʻymoq
-
Gʻulomjon soʻnggi kunlarda mehnatga boʻyin qoʻygan boʻlsa ham, endi bundan oʻzi qoniqa olmadi. H. Nuʼmon, Fasllar
-
Ashirbek noiloj jiyanlarining gapiga boʻyin qoʻydi. Yusuf va Ahmad
-
Bu ishlar xudoning ishi, koʻn endi, Boʻyin qoʻygin Olloning qudratiga. Yusuf va Ahmad
Boʻyni bogʻliq
-
Boʻyni bogʻliq it ovga yaramas. Maqol
-
Boʻynim bogʻliq ham emas, yechiq ham emas. Qamoq boʻlmasa ham, qamoqqa oʻxshaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Boʻyniga
-
Katta roʻzgʻorning hamma gunohi raisning boʻyniga Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bularning barchasi uning boʻyniga qarz boʻlib yotardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nima uvoli boʻlsa — haq boʻlsin, nohaq boʻlsin — guvohning boʻyniga, deb hukm qilaman. Luqmoni Hakim
-
Men qoʻlimdan kelganini qildim, endi [bolaning] uvoli sizning boʻyningizga — yersiz qoladimi, yetim boʻla-dimi A. Qahhor, Asarlar
Boʻyniga arqon solmoq
-
Albatta, mening boʻynimga birov arqon solayotgani yoʻq. Tushungan odam [kolxozga] kiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Boʻyniga minib olmoq
-
Erkak boshimni egib, qaytib boramanmi, unaqada xotinim boʻynimga minib oladi. S. Ahmad, Ufq
-
Kampir koʻziga yosh oldi: — Oʻgʻilginamning boʻyniga minib olgan bu juvonsoʻxta. Mushtum
Boʻyniga olmoq
-
[Homid:] Basharti shu xizmatni bajarib berishni boʻyningga olsang, ont bilan ayta-manki, davlatimning yarmisi seniki boʻlsin! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Margʻuba ogʻirlikni yana oʻz boʻyniga olmoqchi boʻlib turgan edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Vohidovga shipshitib qoʻyishni men boʻynimga olaman. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Bir gap bilan boylab berdim qoʻlimni, Boylogʻliman, boʻynimga oldim oʻlimni. Rustam
-
Biz jallod darrasiga, oq poshsho surguniga, xon boltasiga, toʻralar, boylar kaltagiga chidashni boʻynimizga olganmiz. S. Siyoyev, Avaz
-
Samad, oʻzing gunohingni boʻyningga ol, shunday qilsang, jazong ham yengil boʻladi. Yoshlik
-
Boʻldi endi, aybni boʻynimga oldim-ku axir. K. Yashin, Hamza
-
Hamon aybni oʻz boʻyningizga olmaysiz, astagʻfirullo. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Boʻyniga osilmoq
-
Buncha mening boʻynimga osilib olding?
Boʻyniga tushmoq
-
Basharti majlisdan oʻtkazishsa, boʻynimga katta qarz tushadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Shunday qilib, movut mening boʻynimga tushib turibdi, deng?! S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Ayb kimning boʻyniga tushdi?
Boʻyniga qoʻymoq
-
Men hozir boy bilan gaplashaman, hovlingni oʻzingga qaytartiraman, toʻy xarajatlarini boyning boʻyniga qoʻyaman. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
kelgan sovchilarning oʻzlariga yoqmaganiga gunohning barini Kumushning boʻyniga agʻdarib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukroq joyni koʻzlar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Salimboyvachcha qogʻozni qoʻlda mahkam siqib, gʻurur bilan davom etdi: —Bu narsa qoʻlimdami, hech kim biron aybni boʻynimga qoʻya olmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yolgʻon aytmagan boʻlsa, yuzlashtir, boʻynimga qoʻyib bersin! A. Qahhor, Asarlar
Boʻynida(gi)
-
Uy-roʻzgʻor, mol-hol, bola-chaqa — hammasi Xolisaning boʻynida edi. S. Nurov, Narvoy
-
Katta singlim Oyshaxon toʻrtinchi sinfda oʻqiydi. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni tvish oʻshaning boʻynida. X. Toʻxtaboyev, Sariq devni minib
-
Avvalo boʻyningdagi qarzingni uz, undan keyin kigiz bilan bigiz soʻra-da. K. Yashin, Hamza
Boʻynidan boylaganday
Boʻynidan soqit qilmoq
-
Ular eshaklarni boʻyinlaridan soqit qilish toʻgʻrisida maslahat qilishibdi. Luqmoni Hakim
Boʻyni yor bermaslik
-
Oʻqishga boʻyni yor bermagan Abdusattor yoshligida koʻcha-koʻyda sudralib yurdi. Guldasta
-
Poʻlatjon Abdurahmonov oʻz ota-onasiga yordam berishdan bosh tortib, kolxozda ishlashga boʻyni yor bermay, tekin tomoq izlab, shaharma-shahar, qishloqma-qishloq daydib yuribdi. M. Abdullayev, Tekin tomoq
Boʻyni yoʻgʻon koʻchma
-
[Oʻgʻlingizning] Boshiga bir musht urib, bir burda qattiq non beradigan bir boʻyni yoʻgʻonga tegmasam, men ham yurgan ekanman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Boʻyni sinmoq
-
Kanizlar esa: — Osimjon soʻzida turolmadi, boʻyni sindi-ku, — deb taʼna qildi,\ar. J. Sharipov, Xorazm
1. geog. Suv bilan ajralib qolgan quruqlik qismlarini, hatto materiklarni bir-biriga qoʻshadigan tor, uzunchoq yer boʻlagi.
-
Osiyo bilan Afrika orasidagi Suvaysh boʻynining kengligi 164 km ga teng. Tabiiy geografiya
2. BO\YIN III
3. q.x. Haydalayotgan yer may-donining u boshidan bu boshigacha boʻlgan masofa (taxminan 120—150 qadam).
BO‘YIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘yin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar