chama
bilan ulashing
1. Oʻlchov, meʼyor.
-
Har bir ishning chamasi bor, Har daryoning kemasi bor. Maqol
2. Moʻljal, taxmin.
-
Chamamda soat uch boʻl-di. Chamangda shu qovun necha kilo keladi?
-
Ularning [odamlarning] chamalaricha, bu yerlarda ish hali uch-toʻrt kunga yetib ortardi. Sharq yulduzi
3. modal so‘z Mening fikrimcha: shekilli.
-
Chamamda, qiz oʻsha tomonga burilib oʻtirishni istardi. Yoshlik
-
Laylo mening kelishimdan hayron boʻldi chamamda. M. Qoriyev, Oydin kechalar
chama soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chama son
-
Chama son bilan aniqlash esa ilmiy informatsiyaning xarakteriga umuman mos kelmaydi. OʻTA
Chamaga keltirmoq yoki chama olmoq
-
Ali polvon bilan bel olishdim! Xumpar kurashning hadisini xoʻp olgan ekan. Meni bir necha vaqt aylantirib yurdi, soʻngra chamaga keltirib, yonboshiga olmoqchi va yerga urmoqchi boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
CHAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar