chok
bilan ulashing
1. Chevarlikda: gazlama, teri va shu kabilardan tikilgan buyumlarning tikib biriktirilgan joyi.
-
Koʻylak choki. Mahsining choki soʻkilibdi. Chokidan yirtildi.
-
Uning tikkan chokin koʻrsang, donaday silliq Gʻ. Gʻulom
-
Sumkalarning choklari tekis astari shoyidan. Saodat
2. tex. Mashinasozlikda: detallarning payvandlab, parchinlab yoki boshqa biror usul bilan ulangan joyi.
-
Payvand chok. Uchma-uch chok. Ustma-ust chok. Muhimi shundaki, lazer payvandda hosil boʻladigan choklar nihoyatda mustahkamdir. Fan va turmush
3. bnk. Terilgan gʻishtlar, bloklarning oraligʻi, panelli uylarda panellar tutashgan joy.
4. anat. Kalla suyagi qismlarini biriktirib turadigan asosiy tuzilma.
5. tibbiy Jarrohlik amaliyotida jarohatlangan, kesilgan joylarni, toʻqimalarni biriktirish usuli.
chok soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoqani chok qilmoq (yoki etmoq)
-
Onamni soʻrayman sendan erta-kech, Qaytar, deb soʻrayman chok etib yaqo. A. Oripov
-
Yoqam chok-chok etib, qilarman faryod. Gulshanbogʻ
Yuragi (yoki bagʻri, dili) chok boʻlmoq
-
Doʻstlar shodu xandon, dushman bagʻri chok. Gʻ. Gʻulom
CHOK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chok so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar