chodir
bilan ulashing
1. Matodan qurilgan kapa; palatka.
-
Chodir tikmoq, Chodir qurmoq.
-
Qutaybaning chodiri, taomilga koʻra, baland tepalikka joylashgandi. 3. Aʼlam, Zarb
-
Azizxon oʻsha kuni kechasi chodirda yotmay, Orzixon ayanikiga ketdi. S. Ahmad, Ufq
2. etn. Goʻshanga, chimildiq.
-
Xushroʻy, chodirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qilib yurgan kundoshiga kesatiq bilan hujum boshlaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. etn. Ayollar paranji oʻrnida yopinadigan maxsus yopinchiq; chodra.
-
Bir vaqt qayerdan ham ustiga qora chodir yopingan Yosu-man paydo boʻlarmish. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
-
Qara, uning koʻksida yulduz — Mehnatidan boʻlmish qahramon. Sen-chi, nechun chodir ichida Qolib ketding, azizim, hamon? Zulfiya
4. koʻchma Parda, yopinchiq; urtuk.
-
Yuksak daraxtlarning uchlari quchoqlashib, muazzam yashil chodir yasagan. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Hamma yoqni oppoq qor qoplagan, havoni kulrang bulut chodiri toʻsib olgan bir kun edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. Meva qoqqanda tagiga tutiladigan katta mato.
-
Toʻrttasi chodir tutadi, bittasi tovoqqa chopadi. oʻshiqlar
-
Habiba buvi qirq yamoq boʻlib ketgan chodirni olib chiqadi. Kamida oʻttizta bola qaldirgʻochdek tizilib, chodirning toʻrt tarafidan ushlab turadi. Yoshlik
CHODIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chodir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar