dam
bilan ulashing
1. Nafas, tin.
-
Damim qaytib ketyapti. Damimni rostlab olay. Chuqur dam oling.
-
Jinday damimni rostlab olay, uh haliyam oyogʻimning qaltirogʻi bosilgani yoʻq. Hamza, Paranji sirlari
-
Baxtingiz bor ekanki, menday koʻli yengil, dami oʻtkir romchiga yoʻliqdingiz. K. Yashin, Hamza
-
Ot pishqirgan damiga Erir togʻdagi korlar. Oysuluv
2. Ishdan boʻsh vaqt; orom, hordiq.
-
Dam bermoq. Dam olmoq. Dam bermay yugurtirmoq. Dam olish uyi.
-
Ertaga yakshanba, dam olish kuni. Oʻzbekiston bahorining gurkiragan payti. Gazetadan
-
Sohibjon damini olib, yana yoʻlga ravona boʻlibdi. Zumrad va Qimmat
-
Hatto Sharofat bilan ikki marta dam olish uyiga borganmiz. Mushtum
3. Biror narsa ichiga yigʻilgan, toʻplangan havo, gaz.
-
Ballonga dam bermoq. Dami chiqqan ballon,
-
Ahmad, dami chiqqan pufakdek, boʻshashib oʻtirib qoldi. Mirmuhsin,Meʼmor
-
Ilgari govmish sigirning yelinidek solinib turadigan bagʻbaqasi soʻlgan, dami chiqqan pufakday shalviragan. A. Qahhor, Sarob
4. Oshqozon yoki ichakda ovqatdan paydo boʻlgan yel, gaz.
-
Xom oʻrik qorinni dam qilar, Gʻoʻr masala — boshga kalava. Maqol
-
Yangi uzilgan uzum ichni dam qiladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
5. Taft, issiq, harorat.
-
Ammo oʻziyam damiga osh pishadigan otaxonlardan. O. Yoqubov, Pyesalar.
-
Qiyom chogʻi edi. Quyosh damini gʻir-gʻir esgan shamol kesar edi. Oybek, O.v.shabadalar.
6. koʻchma Kuch, zoʻrlik; shiddat.
-
Azimjon oʻz rotasidagi jangchilar bilan dushmanning damini kesdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Azmkor xalqning dahshatli hamlasi ofatning damini kesdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Qishning dami kesila boshladi. Oybek, Navoiy
7. koʻchma Kibr-havo; hovur.
-
Damidan tushmoq (qaytmoq). Hali xomsan, pisharsan, bu damingdan tusharsan. Maqol
-
Bugun Buxorodan komissiya kelganini eshitgan boʻlsa kerak, kechagi dami ham qolmagan. S. Ayniy, Qullar
-
Oʻrinboy ogʻzidagi oshini oldirmaydigan, tutganini shart kesadigan, dami balandgina koʻringan edi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
8. Bugʻ, hovur, par
dam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dam solmoq
-
Kampir Avazning koʻnglidagini bilib, duo oʻqib, tuproqqa dam solib, sochdi. Malikayi ayyor
-
Nuri u kishiga borib, dam soldirib keladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Dam urmoq
-
[Domullani] Otxonaga boshlab kirdim. Taqsir, mana bemor, dedim. Domulla kuldi Keyin duo oʻqib, otga dam urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Normat soʻfi beshik-tervatday likillab, nimalarnidir pichirlab oʻkir, kelinoyisiga dam urardi. Mushtum
-
men, deb urolmadi dam. H. Olimjon
-
Hammasi [polvonlar] nima qilarini bilmay, boshini qashib, birontasi ham boraman, deb dam urmadi. Zulfizar bilan Avazxon
Dami ichiga tushib ketmoq
-
Mashhur artistning dami ichiga tushib ketdi. S. Ahmad, Ufq
-
Yana damim ichimga tushdi. Boʻron nafasni boʻgʻardi. H. Nazir, Muhabbat
-
[Elmurod] Bir nafas dami ichiga tushib oʻtirdi-da, soʻng ogʻir bir entikib: — Hay, mayli — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xoʻja nomini eshitib, Gʻulomjonning dami ichiga tushib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.;
-
Bu — Ismatxoʻjaga ayil botdi, shekilli, dami ichiga tushib ketdi. Oydin, Hazil emish
Damiga tortmoq
-
Qarasa, qattiq boʻron koʻtarilib, ajdar qizni oʻz damiga tortayotganmish. Oltin beshik
-
Gazning shamoli odamni damiga tortadi. P. Qodirov, Erk
-
Bizni shunday avrab, damiga tortayotganlar kimlar? — Nuʼmon hoji, Mir-haydar xoʻja, Oqilxon toʻralar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Damini ichiga yutmoq Gapirmasdan, jim turmoq
-
Bu yoqda qolgan xotinlar damlarini ichlariga yutib, churq etmay turishipti. S. Ahmad, Ufq
Damingni chiqarma
-
Bir mahalladan bir qizni olib qochishdi. Boyvachchaning xizmatkorining qizi emish Damingni chiqarma! Oybek, Tanlangan asarlar
Dam yemoq
-
Choy dam yedi.
-
Osh dam yeguncha, piyola necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtdi. S. Ayniy, Doxunda
-
Oshpaz shiypon tagidagi tol tagida kapgirni boshidan baland koʻtardi, bu osh dam yeganligiga ishora edi. I. Shamsharov, Gʻurumsaroyliklar
Dam yemoq
-
Maqtanchoqqa dam yemasman. Habibiy
-
Birovdan dam yemasman, soʻzga polvon, qahramonman der. Mushtum
Dam turmoq
-
Dam turing, bitdi quloqlar, lahza, jon qurbaqalar. Muqimiy. Dami ichida Aytadiganini ay-tolmaydi, tili qisiq.
-
Rayhon qishloqda, qizinikida turgan kunlarda Zumradbibining dami ichida boʻldi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Tojiboy qizining yoʻqolganidan koʻra odamlar oʻrtasida isnodga qolishidan qoʻrqardi. Er-xotinning dami ichida, undan-bundan soʻrab surishtiraylik deyishsa, gap-soʻz tarqab ketadi. S. Zunnunova, Gulxan
Dami kesilmoq
-
U Valixonga izoh berishga astoydil tayyorlangan edi, Valixonning qoʻl siltab, rad qilganini koʻrgach, dami kesilib, ogʻzini ochganicha, tek qarab qoldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Xubbiboy oʻzining yoʻqligidan shikoyat qilish uchun ogʻzini juftlasa ham, ammo birdan dami kesilib qoldi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Ammo bunda kuyovning ishtiroki koʻrilmay, shuning ila mening damim kesilib qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Damini kesmoq (yoki qirqmoq, qaytarmoq)
-
Issiqning va yogʻli ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qoʻl uzmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Ularning fikrlaricha, koʻpni koʻrgan mugʻambir va pishiq domla oʻqituvchi bolani yaxshilab tuzlamoqda va damini qaytarib qoʻymoqda edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu tadbir orqali ayrim koʻzboʻyamachi qalloblarning damini qirqmoqchi boʻlgandir. Gazetadan
1. On, lahza; kez, payt.
-
Baxtli damlar. Bir dam jim qolmoq. Shu damgacha. Shu damda. Chilla, har dami tilla. Maqol
-
Bir dam oʻzini yoʻqotib, esankirab qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
Balki doʻstlar davrasida Kamim boʻlmas hech qachon. Lekin seni oʻsha damda Qaydan topay, onajon. A. Oripov, Yillar armoni
2. ayr. bogʻl. vzf. Baʼzan, goh, goho.
-
Yoʻlchi ertadan kechgacha dam u ekinda, dam bu ekinda Qambar bilan birga ishlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Suv dam oqizib ketadi, dam chetga otadi. S. Ahmad, Ufq
1. Temirchilarning koʻra yoki oʻchoqdagi koʻmirni yondirish uchun havo yuboradigan, charmdan ishlangan asbob.
-
Farhod Temirchidan bir koʻra, bir dam soʻrab oldi. Farqod va Shirin
-
Boshqa bir mullaning qorni ham temirchilarning damidek katta ekan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. Dam orqali oʻchoqqa, koʻraga havo yubormoq.
-
Oʻchoqning orqasidagi uyda ikki kishi zoʻr berib, toʻxtovsiz oʻchoqqa dam beradi. Oydin, Hazil emish
-
Akam meni taqachiga topshirdi. Yegan-ichganim badaliga ertadan kechgacha dam bosar edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Chet, qirgʻoq.
-
Ibrohimov oyogʻini yozgani oʻrnidan turdi va ayvonning damiga borib uzoqdagi kaptarrang togʻlarga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
dam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Asbobning kesadigan, oʻtkir tomoni, tigʻi; tigʻ.
-
Pichoqning dami. Qilichning dami. Ketmonning dami.
-
[ Otabek] Xanjarini qinidan sugʻurib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Rahimberdi katta ketmonning damini egovlab, xirgoyi qilib oʻtirardi. X. Toʻxtaboyev, Shonli avlod
dam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pichoq damicha (yoki damiday)
-
Choʻqqilarning uchi xuddi pichoq damiday chaqnab turipti. S. Ahmad, Jimjitlik
Qilich damida yurmoq yoki qilich damiga oyoq qoʻymoq
DAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar