diqqinafas
bilan ulashing
1. Zerikish yoki betoqatlikdan nafasning siqilishi; nafasi siqiladigan.
2. Nafasni siqadigan darajada ogʻir, boʻgʻiq; zerikarli.
-
Ertaga u diqqinafas, rutubatli Hirotdan chiqib ketadi, shu yoʻsin bilan bir yoʻla bu beadad gʻam-u gʻussadan ham qutuladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yurgil, dalalarga ketaylik, doʻstim, Diqqinafas uyda yotmoq paytimas. A. Oripov, Mitti yulduz
3. koʻchma Bosilib, boʻgʻilib, siqilib yotgan.
-
Qish boʻyi qor ostida diqqinafas boʻlgan baxmal maysalar boʻy choʻzib, quyoshga talpinmoqda. Yo. Shukurov, Chorchinor ostida
diqqinafas soʻzi qatnashgan jumlalar:
Diqqinafas boʻlmoq
-
Kasaldan soʻng diqqinafas boʻlib yurgan Hafiza erta bilan odatdagidek oʻqishga bordi. Mirmuhsin, Umid
-
Laʼli keng hovlida diqqinafas boʻlib, yolgʻiz oʻtiribdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Qishi bilan tor uylarda diqqinafas boʻlgan kishilarning dimogʻiga adirlardan giyohlarning xushboʻy nafasi kelib urildi. S. Ahmad, Hukm
DIQQINAFAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИҚҚИНАФАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diqqinafas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar