iyak
bilan ulashing
1. Pastki jagʻning har ikki tomoni quyilib kelib birlashgan joyi.
-
Iyagi choʻzinchoq odam
-
[Bozorboy] Poygakka choʻkkalab, soʻng bir qoʻli bilan soqoli maysa boʻlib qolgan iyagini silab qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Kel, Said oʻgʻlim, — dedi Moʻmin amaki, iyagi burniga borib kelib uzum yer ekan. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Pastki jagʻ.
-
— Dadasi boʻlsa, urushda — Xadicha ayaning iyagi qaltiradi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Gulnoraning ochiq koʻzlarida hayot nuri soʻngandi. Roʻmol tugunlarini yechib, iyagini bogʻladim. Gazetadan
iyak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Iyak tashlamoq (yoki qoqmoq)
-
Kun oʻtdi, hafta oʻtdi, nihoyat, amaldor shiftga qarab yotganicha, bir-ikki iyak qoqdi — jon berdi. Mushtum
-
Nima, ajali yetib, iyakni qoqishga qarab qoldi, poʻk etib oʻlsa, boʻlganimiz boʻldik. Hamza, Tanlangan asarlar
IYAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЯК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iyak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar