kechki
bilan ulashing
1. Kechga oid; kechqurun boʻladigan.
-
Kechki payt. Kechki shabada.
-
Yo kechki salqin bilan, yo ertaga ertalab shahar hovliga [beda] olib tushaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eshelon oshpazlari kechasi ovqat pishirmaslik va kechki ovqatni ham kunduzi pishirib qoʻyish haqida buyruq oldilar, I. Rahim, Chin muhabbat
2. Ish-faoliyati tunda boʻladigan; tungi.
-
Kechki smena. Kechki va sirtqi boʻlimlar.
-
yangi oʻquv yilidan kechki maktabga boradigan boʻldik. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. Kech pishadigan, kech ekiladigan.
-
Kechki uzum. Kechki oʻrik. Kechki bodring. Kechki kartoshka. Kechki ekinning xatari bor. Maqol
-
Kuz havosi iliq edi. Kechki gullar ochilib turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
KECHKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЧКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kechki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar