kiy
bilan ulashing
1. Kiyim bilan badanni yoki biror aʼzosini yopmoq; kiyiladigan narsa (kiyim)ni tanaga, tanadagi aʼzoga yopmoq, qoʻymoq, ilmoq.
-
Koʻshak kiymoq. Doʻppi kiymoq. Etik kiymoq. Palto kiymoq. Niqob kiymoq. Qoʻlqop kiymoq.
-
Qiz tugunini qoʻltiqlab, hovliga tushdi. Kavushini kiymadi. Yalang oyoq ship-ship yurib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gʻulomjon apil-tapil kiyimlarini kiydi, oyoqlariga kovushlarini ildi sharpasiz qadamlar bilan darcha oldiga keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. etn. Hadya kiyimi olmoq.
-
Sharmsizdir yuzlari, Oshga toʻymas koʻzlari, Toʻyga borib, toʻn kiymoq Hamon fikr-u soʻzlari. Hamza
3. koʻchma Oʻranmoq, qoplanmoq, burkanmoq (oʻt-oʻlan, gul va shu kabilar bilan).
-
Bahorning dastlabki kunlari: qishloq yashil libos kiygan. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Dunyoni gullarning xushboʻy hidi tutadi, gulshan-u bogʻlar qizil sarpo kiyadilar. Gazetadan
kiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻnini teskari kiymoq
-
Otabekning alanglab javob berishi Zaynabning boyagi daʼvosini chinga chiqargandek boʻlib, Kumush juda ham toʻnini teskari kiydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
KIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar