nafs
bilan ulashing
1. Yeyish-ichishga, mol-dunyoga boʻlgan ehtiros.
-
Mening nafsim balodur, yongan oʻtga soladir. Maqol
2. Shahvoniy hirs.
-
[Fotima oʻz-oʻziga:] Bunday oʻz nafslariga berilgan zotlar birovning halol xotiniga koʻz tikib, hayotda hech boʻlmagan yolgʻon soʻzlarni qoʻshib, shiringina bir turmushni buzmoqchi boʻladilar. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
Boyvachchaning koʻzida har bir xotin uning nafsi, hirsi uchun yaratilgan chiroyli meva edi. Oybek, Tanlangan asarlar
nafs soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nafs bandasi
-
— Nafs bandasi Birov ishdan kelsa, siz oshdan kelasiz, — dedi Meli polvon jahli chiqib. P. Tursun, Oʻqituvchi
Nafsi buzuq (yoki yomon)
-
Nafsi buzuq hayitda oʻlar. Maqol
Nafsi ulik (yoki tiyiq)
Nafsiga oʻt tushmoq
Nafsini tiymoq
-
Koʻzing ogʻrisa, qoʻlingni tiy, iching ogʻrisa, nafsingni tiy. Maqol
Nafsi olinmoq (yoki ogʻrimoq)
-
Bundan nafsi olingan Soli ota jahliga chidolmay, oldida doʻmbillab yurgan nabirasini uyidan quvdi. A. Qahhor, Oltin vodiylarni kezganda
-
U [Gʻulomjon] nafsi ogʻrigan kishi tovushi bilan qulfi dilini ochdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
NAFS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАФС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nafs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar