Izoh.uz saytida og‘ir so‘zining izohi va ma’nolari

og‘ir

sf

1. Vazni katta boʻlgan, tosh bosadigan; vaznli, vazmin.

  1. Ogʻir yuk. Ogʻir ot. Yuki ogʻir arava. Ogʻir vaznli kurashchi. Oltin kumushdan ogʻir.

  2. Ogʻir toshni suv eltmas Maqol

  3. Yana jimlik hukm surdi. Bu sukunat ogʻir tegirmon toshi boʻlib, mulla Norqoʻzini yanchib yubordi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

  4. Boyvachcha kavakchadan choʻp tiqib, zanjirni tushirdi, kattagina ogʻir darvoza gʻurr etib ochildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Koʻp kuch yoki bilim talab qiladigan; qiyin, murakkab; mashaqqatli, sermashaqqat.

  1. Ogʻir ish.

  2. U [Yoʻlchi] har xil ogʻir yumushlarni qilib oʻrgangan boʻlsa ham, toʻnka kovlamagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Shunday qilish kerakki, xalqning peshona teri bilan, ogʻir mehnati bilan chiqariladigan suv bitta yo bir necha baloxoʻr qoʻliga oʻtib ketib qolmasin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  4. Bu savol avvalgi ikkita savoldan ogʻirroq edi. S. Ahmad, Ufq

3. Mushkul; masʼuliyatli.

  1. Ogʻir masala.

  2. — Bahor-da, qizim, bundan buyon kun isiyveradi, — qizini ogʻir holatdan chiqarishga tirishdi ona. Shuhrat, Shinelli yillar

  3. El-murodga mashgʻulotlar ogʻir tuyulmadi. Shuhrat, Shinelli yillar

  4. Yil ogʻir keldi-yu, brigadir shiyponda tunab qoladigan boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

4. Salmoqli, salobatli.

  1. Gʻoʻlabirdan kelgan, qop-qora, semiz kishi ogʻir yurib, davraga chiqdi. N. Aminov, Qahqaha

  2. Hovli ichkariroq boʻlganidan, hamma uxlab qolganidan, darvozaning ogʻir gumburiga ichkaridan hech kim chiqmadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. — Bunisini qoʻyavering, qori, xudo ishingizni oʻnglasa, hech gap emas, gard yuqtirmay chiqib ketasiz, — deyar edi ogʻir, salmoqli tovush. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

5. Sekin, shoshmasdan qilingan; bosiq, vazmin.

  1. Ogʻir qadam.

  2. Qora terga tushib, hassasiga tayanib qolgan domla ufqdan koʻzini olib, ogʻir bosh chayqadi. M. Mansurov, Yombi

  3. Gʻulomjon boshini ogʻir koʻtarib, usta Bahromga qaradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

6. koʻchma Oʻzini tuta biladigan; sipo, vazmin, bosiq.

  1. Aminjon, oʻzi yosh boʻlsa ham, juda pishiq, ogʻir, gʻayratli. A. Qahhor, Xotinlar

  2. Kamtar va kamsuxan, goʻzal Iskandar quloq solib, jiddiy va ogʻir oʻtirardi. Oybek, Nur qidirib

7. koʻchma Muayyan meʼyori buzilgan, meʼyorga, talabga javob bermaydigan.

  1. Xonaning havosi ogʻir: chang, ovqat, tamaki hidlari bir-biriga aralashib-quralashib ketgandi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

8. koʻchma Yomon oqibatlarga olib borishi mumkin boʻlgan; jiddiy, xavfli.

  1. Ogʻir jarohat. Ogʻir dard.

  2. Otasi ogʻir kasallikdan soʻng vafot etdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. U

  4. [Elmurod] hech narsani bilmas, ahvoli ogʻir edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  5. U

  6. [Saltonbu] shunday baqirib yubordiki, uy burchida ogʻir yotgan oʻn uch yasharli qizi choʻchib ketar, deb ham oʻylamadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

9. koʻchma Tashvish, iqtisodiy muammo.

  1. [Hakim:] Ham ishlab, ham oʻqiyman, akamga ogʻirim tushmasin. Yoshlik

10. koʻchma Mashaqqatli, uqubatli, azobli; murakkab, mushkul.

  1. Ogʻir kun. Ogʻir hayot.

  2. Elmurod oilasi va oʻzining ogʻir oʻtmishini qisqacha tasvirlab kelib, oxirida shunday degan. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. Otamurod uzoqdan boʻlsa-da, sezdi: boshliq ogʻir ahvolda qolibdi. M. Mansurov, Yombi

11. koʻchma Qattiq jazolashni talab qiladigan, juda katta.

  1. Ogʻir gunoh, Ogʻir jinoyat

12. Notinch, tashvishli, hayajonli.

  1. Ogʻir tush. Ogʻir xayol. Ogʻir oʻy.

  2. Cholning yurak yaralarini ochishda oʻzini aybli sanagan Yoʻlchining koʻkragi ogʻir tuygʻular bilan toʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar

13. koʻchma Qattiq tegadigan, xafa qiladigan, koʻngilsiz; malolli.

  1. Raisning uni koʻrib, xuddi koʻrmaganday yonginasidan mashinasida koʻchani changitib oʻtib ketishi unga ogʻir tegdi. A. Koʻchimov, Halqa

  2. Qambar birdan kulib yubordi. Uning kulishi Yoʻlchiga ogʻir tegdi. Oybek, Tanlangan asarlar

14. koʻchma Haddan ziyod, kishi bardosh berolmaydigan; qattiq.

  1. Ogʻir alam. Ogʻir judolik. Ogʻir kulfat. Ogʻir musibat.yash

  2. Inson hayotidagi eng ogʻir qaygʻu — onadan ayriliq qaygʻusi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. — Endi bildim, oshiqlik ogʻir dard ekan. Boshimga tushganda bildim, — dedi [yigit] P. Tursun, Oʻqituvchi

15. koʻchma Qahraton, sovuq, tashvishli.

  1. Voha rahbari savolni kutmagan ekan, dabdurustdan dovdirab qoldi, soʻng shoshib: — Toʻgʻri, ustod, bu yil ancha ogʻir qish boʻldi — dedi M. M. Doʻst, Lolazor.

16. koʻchma Kuch keladigan, qiyin; dardli.

  1. Ogʻir nafas. Ogʻir entikmoq.

  2. Ziyodilla ketgandan keyin Botirali beshik tebratib oʻtirgan xotinining yoniga choʻkib, ogʻir uf tortdi. H. Gʻulom, Mashʼal

  3. Qizil qoniga boʻyalgan qahramon pulemyotchi ogʻir nafas olmoqda edi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi

17. koʻchma Mungli, gʻamgin, qaygʻuli; salmoqli, vazmin.

  1. Ogʻir sukunat.

  2. Ogʻir, yurakni ezuvchi kuy shamollar qanotida u yoqdan bu yoqqa suzib yuribdi. S. Ahmad, Ufq

og‘ir soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ogʻir suv

kim . Vodorod izotopi deyteriyning kislorod bilan birikmasi.

Ogʻir boʻl

Oʻzingni bos, sabr qil.
  1. Odamlar Tojiboyni tartibga chaqirishib chugʻurlashdi: Ha, ha, bir oz tishni tishga qoʻyish kerak. Ha, sal ogʻir boʻling. P. Tursun, Oʻqituvchi

Ogʻirini yengil qilmoq

Birovning mush-kulini, muammosini oson qilmoq, unga yordam qilmoq.
  1. — Xolboy boyning roʻzgʻoriga boʻlishib, uning ogʻirini yengil qilib turganligi uchun uyli-joyli boʻlib oldi. K. Yashin, Hamza

Koʻngliga ogʻir olmoq

Ogʻir botmoq

1. Xafa qiladigan, malolli.
  1. Nazarov eshitdingizmi, deganday qarash qildi. Nazarovning shu boqishi Sherbekka ogʻir botdi. S. Anorboyev, Oqsoy;

2. Hazm boʻlmaslik (ovqatga nisbatan).
  1. Bu xil palovlarni yosh goʻdaklardan tortib qariyalargacha va hatto bemorlar ham isteʼmol qilsa, ogʻir botmaydi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

Ogʻir gap

1. Malol keladigan, qattiq tegadigan gap;
2. Hal qilish qiyin boʻlgan masala;
3. Koʻngilsiz, achinarli voqea.

Ogʻir artilleriya

Uzoqqa otadigan katta toʻp va zambaraklar.

Ogʻir karvon

  1. — Yoʻq, menga sira oʻxshamaydi,— dedi Sharofatbibi shikoyatlangan ohangda. — Ogʻir karvon u. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

Ogʻir koʻchmoq

Qiyinchilik bilan hal boʻlmoq (biror ish yoki masala haqida).

Ogʻir oyoq

q . oyoq.
  1. Ikromjonning koʻngli notinch. Xotinining ogʻir oyoq boʻlganidan xayoli qishloqda, uyida edi. S. Ahmad, Ufq

Ogʻir sanoat

ayn . ogʻir industriya q. industriya.

Tarbiyasi ogʻir

Xulqi yaxshi boʻlmagan.
  1. Boʻlgʻusi pedagoglar, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash kabi masalalar ustida ish olib boradilar. Fan va turmush

Qulogʻi ogʻir

Gapni yaxshi eshitmaydigan, karroq; kar.
  1. Qulogʻi bir oz ogʻir, tovushni birmuncha koʻtaribroq gapirishga toʻgʻri keldi. A. Qodiriy, Kichik asarlar

Havosi ogʻir joy

Havosi buzilgan, nafas olish qiyin boʻlgan joy.

OG‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ОҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3960
So‘zning teskari yozilishi
ri‘go
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
94

og‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing
og‘ir so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, og‘ir so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+