omad
bilan ulashing
Ishning oʻngdan kelishi, ilgari bosishi; baxt, tole.
-
Omadingiz baland. Har yigitga bir omad. Maqol
-
Ishning omadi —oʻz vaqti. Maqol
-
Ehhe, ish katta-ku! Omad tilayman, choʻtaldan choʻzasiz-da! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Buni omad deydilar: ham ish undiribsan, ham tomosha qilibsan. Oybek, O.v. shabadalar.
omad soʻzi qatnashgan jumlalar:
Omad qushi
Omadi gap
-
Men omadi gapni aytibman, oʻrtoq Samandarov, albatta, meni bilmaydilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Janobi oliy va sizning davlatingiz hammasi meniki, nega xafa boʻlayin, gapning omadini aytdim-da, — dedi Oʻrmon polvon. S. Ayniy, Qullar
Omad(i) kelmoq (yoki yurishmoq)
-
Roʻziqulning omadi kelib, choʻntagi xoʻppaya boshladi. Gʻayratiy, Dovdirash
Omadi ketmoq
-
Omading ketganda, kunlar toshbaqa yurish qilib, sekin oʻtadi. N. Qobil, Unutilgan sohillar.
OMAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОМАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
omad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar