serqirra
bilan ulashing
1. Qirrasi koʻp, qirrador.
-
Serqirra stakan. Serqirra tosh.
-
Olmosdek serqirra, oftobda choʻqqilari yarqirab turgan baland qorli togʻlar koʻzni qamashtirardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Har taraflama, keng; mazmunga boy, sermazmun.
-
Serqirra isteʼdod. Serqirra olim.
-
Shoir ijodi shunchalik serqirra, serbaraka, serjiloki, hammasi haqida bir maqolada aytib oʻtishga aslo imkon yoʻq. OʻTA
-
Zabardast olim Toshmuhammad Niyozovich Qoriniyoziyning murakkab va serqirra hayot yoʻli hammamiz uchun hayratomuz va ibratlidir. Fan va turmush
SERQIRRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕРҚИРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
serqirra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar