uzun
bilan ulashing
1. Boʻyiga, uzunasiga oʻlchami katta, meʼyoridan ortiq.
-
Uzun sim. Uzun soch. Uzun yogʻoch.
-
Adolat qalin va uzun kipriklarini yalt etib koʻtarib, Normatga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Ilk koʻklam yogʻdulari oʻquv korpusining uzun koridorlarini ravshanlashtirib yuborgan. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Kuyov uzun va keng zarbof toʻn kiyib, katta sallasiga koʻrkam oltin jigʻa qoʻndirib, havoni titratgan karnaylar, surnaylar sadosi bilan oʻzinikiga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Baland, novcha.
-
Uzun terak.
-
Hasan soʻfi uzun, nozik gavdasini choʻzib, yerga yotdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Uzoq vaqt davom etadigan, choʻziladigan; tezda tugamaydigan; davomli, uzoq.
-
Uzun maʼruza. Uzun ertak.
-
Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Uning kichik, koʻkishroq koʻzlari uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
uzun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arqonni uzun tashlamoq
Uzun kosov
-
Sen pistoni chaqilgan odamsan, bizning qoʻlimizda uzun kosov boʻlib xizmat qilishdan boshqa ishga yaramaysan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
UZUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar