yakka
bilan ulashing
1. aynan Yagona 1.
-
Yakka tup oʻrik. Yakka oʻzim kelaman. Yakka bortli kostyum.
-
Munisxon onaning yakka qizi edi. S. Zunnunova, Mehnat va turmush
-
Qishloq tinchligini buzgan bu yakka ot tuyoqlarining taraq-turuqi, taqalarning toshlarga urilishidan chiqqan yalt-yult chaqmoq dam oʻtmay uzoqlashdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Biron qonunni buzsang, jazosini oʻzing yakka tortasan. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Hech kimsiz; yolgʻiz, kimsasiz.
-
Zaynab qoldi bechora yakka Na bir sirdosh, nada bir yoʻldosh. H. Olimjon
-
Nima boʻlsa ham yakkaman Koʻza kunda emas, kunida sinadi. Oysuluv
-
Bir qoyada garillab chaqiradi, Dobili yarqillab, bir odam yakka. Nurali
3. aynan Yagona 2.
-
Ezgulik bobida faqat u yakka, Faqat u barchaga teng va barobar. A. Oripov
4. Boshqalarga qoʻshilmasdan, oʻzi alohida boʻlgan.
-
Yakka hunarmand. Yakka dehqon.
-
Gapning boshi shuki, oʻsha sen pul qistab borganda, u Haydar hojidan ajrab, oʻzi yakka doʻkon ochish harakatida yurgan edi. A. Qahhor, Sarob
5. koʻm. vzf. kam qoʻll. Faqat.
-
Yolgʻiz meni oʻyla intizor, Oʻylaringda men yashay yakka. R. Parfi
yakka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yakka kift boʻlib
-
Yoʻlchi yakka kift boʻlib, xalq orasini yorib, oldinga oʻtdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yakka-yu yagona
-
Bu hofiz butun olamga tanilgan yakka-yu yagona ovoz. Oybek, Tanlangan asarlar
Yakka xoʻjalik
-
Bilib qoʻying, yakka xoʻjalikning kolxozga birlashishi muqarrar. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
YAKKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯККА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yakka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar