ye
bilan ulashing
1. Taom isteʼmol qilmoq, ovqatlanmoq, tanovul qilmoq.
-
Qovun yesang — sahar ye, sahar yemasang — zahar ye. Maqol
-
Birov ichib oʻlgan deydi, birov yomonroq ovqat yegan ekan deydi. Guldasta
-
U [Bektemir] okopda qattiq nonni kisirlatib chaynab, konserva bilan qoʻshib, maza qilib yedi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Tirikchilik yoki maishat uchun ishlatmoq, sarf qilmoq.
-
Yotib yeganga togʻ ham chidamaydi. Maqol
-
U [mirzo] bir kunlik daromadini oʻn kun yer edi. A. Qahhor, Mirzo
-
Hosilini yeganda eslasalar, bas, degan orzu-oʻyi qurshamish uni. Guldasta
3. Oʻziniki qilmoq, oʻzlashtirib olmoq.
-
Uyezd hokimi akangni mingboshi qilaman deb, uch ming yigirma yetti soʻm pulini yeb, saylovda degrezlik Isomiddin degan jallobni saylagan ekan. A. Qahhor, Yillar
-
Akam birovning tomini teshib qamalgan emas yo birovning haqini yegan emas. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Koʻchma Ishdan, safdan chiqarmoq; shikastlantirmoq, mayib qilmoq; oʻldirmoq.
-
Otni yeding, dedim ichimda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Shunday, doʻstim. Endi uning oʻzini yoʻq qilmasak, seni ham, meni ham yeydi — dedi Davlatyor. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kambagʻalchilik odamning yorugʻ dunyodan boʻlgan umidini kemirib, zangday yeb tashlar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. kaltak yemoq Baʼzi soʻz-otlar bilan qoʻllanib, shaxsga shu soʻz bildirgan narsaning (zarbning) tegishi maʼnosini bildiradi. Masalan,, musht yemoq, qamchi yemoq, tepki yemoq, shapaloq yemoq, tarsaki yemoq va boshqalar
ye soʻzi qatnashgan jumlalar:
Adabini (yoki taʼzirini) yemoq
-
vaqtincha qozongan muvaffaqiyatlari bilan taltayib ketgan fashistlar adablarini yemoqdalar. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Boʻldi, yaxshilar, shuncha taʼzirini yedi, endi tavba qilgandir. A. Muhiddin, Riyokor
Barham yemoq
-
Dunyoda nohaqlik qancha kamaysa, tuhmat barham yesa, shuncha yaxshi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Boshini yemoq
-
Bu feʼling boʻlsa, yo murodingga yetasan, yo boshingni yeysan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Gap yemoq
-
Qishning uzun kunlarida ulfatlar bu yerda gap yeyishadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Dakki (yoki dashnom) yemoq
-
Kichkina bir qizchadan dakki yegan haligi ayol Ergashoyni talab berdi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
Dam yemoq
Zaxa yegan
Ilonning yogʻini yegan
-
Shum ukasi, ilonning yogʻini yegan moʻltoni onasi borligini yashirgandir A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ichini (yoki ich-etini) yemoq
-
U shu ogʻir fikrlar bilan ichini yeb turganda, ichkaridan paranjili xotin chiqib, erkaklardan olisroqda toʻxtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sodda qishloq bolasi diliga tugilgan gaplarni aytolmay, koʻp vaqt ich-etini yeb, sarosimada yurdi. S. Ahmad, Ufq
Lat (yoki shikast) yemoq
-
Boʻronda lat yegan tomlar, taxta devorlar remont qilindi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Havo jangida shikast yegan nemis samolyoti yigirma-oʻttiz metr nariga kelib qoʻndi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Oftob yemoq
-
Uzun shim kiygan bu yosh yigitning siniqqan rangiga koʻzi tushishi hamon, oftob yemagan studentlardan boʻlsa kerak, deb oʻyladi. S. Anorboyev, Oqsoy
Pand yemoq
Pishirib ye (pishirib yesin, pishirib yeydimi)
-
Gulnor oʻlgur, seni birov pishirib yeydimi? Oybek, Tanlangan asarlar
Pushaymon yemoq (yoki boʻlmoq)
-
Hoy Sodiq, koʻzingni och! Keyin pushaymon yeysan! S. Abduqahhor, Koʻzlar
Sovuq yemoq
-
Ot pishqirigʻidan choʻchib tushdi-yu, shundagina oʻzining sovuq yeya boshlaganini sezdi. N. Fozilov, Diydor
Taraddudini yemoq (yoki koʻrmoq)
-
Urush taraddudin hammangiz yenglar. Yusuf va Ahmad
Firib yemoq
Esini (yoki aqlini, miyasini) yemoq
-
Hoy Yoʻlchi, esingni yedingmi? Uyat. Oybek, Tanlangan asarlar
Quloq-miya(si)ni yemoq
-
Bas qil, quloq-miyamni yeding!shsh Ey, qoʻying, afandim, shu gap bilan oʻn yildan beri quloq-miyamni yeysiz. A. Muxtor, Opa-singillar
Gʻamini (yoki qaygʻusini) yemoq
-
Taxtda oʻtirgan Nekolay sani, mani qaygʻumizni yeydimi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Siz, oʻgʻlim, gazet-pazetingizni koʻrib, kechqurunning gʻamini yeng. A. Qahhor, Asror bobo
Gʻam yemoq
Yeb yuborgudek (yoki qoʻygudek)
-
Sanobar koʻzlarini katta ochib, Eshon oyiga yeb yuborguday qaradi. K. Yashin, Hamza
-
U Sheraliga yeb qoʻygudek tikilib qoldi. S. Karomatov, Oltin qum
Yegani oldida, yemagani ketida
-
Nusratullaning yoʻli boshqa, uning tappa-tayyor ota mulki bor, yegani oldida, yemagani ketida. A. Muxtor, Opa-singillar
Yemagan somsaga pul toʻlamoq
-
Yemagan somsaga pul toʻlash, deb shuni aytadi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
YE so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
Е so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan YE so‘ziga berilgan ma’nolar
ye so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ye so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar