yem
bilan ulashing
1. Hayvonlarga beriladigan gʻalla mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan ozuqa.
-
Yem yegan ot toʻrvani teshar. Maqol
-
Yanga oxurdagi yemini yamlab yutayotgan sigirga qaradi. S. Nurov, Karvon
-
Tarlonga azonda besh kilo, tushda besh kilo, oqshomda ham shuncha arpa yem berdim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Qoʻlda boqiladigan qushlarga beriladigan goʻsht.
3. Qarmoqqa yoki tuzoqqa ilintirib qoʻyiladigan goʻsht, chuvalchang va shu kabilar
yem soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baland (yoki katta) oxurdan yem yemoq
-
Siz baland oxurdan yem yeb yurgan bolaga oʻxshaysiz. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sen katta oxurdan yem yeb oʻrgangansan, chidolmaysan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Yem boʻlmoq
-
Ikki shunqor talashsa, bir qargʻaga yem boʻlar. Maqol
-
— Turgʻunoy, — dedi Maston, — shu yerda qoladigan boʻlsak, boʻriga yem boʻlamiz. A. Qahhor, Maston
Oq yem boʻlmoq
-
Ogʻzidagi oq yem boʻlib ketgan chandirni olib, namat tagiga qistirgan kampir yigʻlab yubordi. S. Ahmad, Hukm
Ot oyoqlarida hosil boʻladigan chiqiq, shish kasalligi.
-
Otning oyogʻiga yem tushsa, oyogʻi qotib qoladi. Paylari dirillab uchadi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
yem soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyogʻingga yem tushganmi?
YEM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan YEM so‘ziga berilgan ma’nolar
yem so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yem so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar