yemir
bilan ulashing
1. Qoʻporib, agʻdarib tushirmoq, nuratmoq.
-
Suv sohilni yemirar, alam — dilni. Maqol
-
Qirgʻoqlarni yemirgan Amu, Togʻ-u toshni kemirgan Amu. E. Rahim
2. koʻchma Xarobaga, vayronaga aylantirmoq, buzmoq.
-
Dushman qanchalik gangitilsa, uning oʻt ochish nuqtalari qancha koʻp yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shuncha muqarrar boʻladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Yoʻq qilmoq, barbod qilmoq, tugatmoq.
-
Umrni mehnat emas, gʻam yemiradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Sizning yordamingiz menga bolsheviklarning oʻsib borayotgan kuchini yemirish uchun kerak. N. Safarov, Tanlangan asarlar
YEMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yemir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar