yo‘q
bilan ulashing
1. Mavjud emas; zid. bor 1.
-
Oʻzingda yoʻq — olamda yoʻq. Maqol
-
Bu atrofda bironta xonadon yoʻq.
-
Korxonada oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin yoʻq. Gazetadan
-
Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yoʻqolsa ham, payqaydi, lekin yoʻq narsa asta-sekin paydo boʻlsa, payqamaydi. A. Qahhor, Asarlar
2. Javob ichida kelib, inkor maʼnosini ifodalaydi; zid. ha.
-
Sidiqjon bir sonini egarga qoʻyib, juvonga tomon oʻgirilib oʻtirdi: — Bu yerlar ham Qoʻshchinorga qarash-limi? — Yoʻq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Siz ham qiziqsiz-da, Hoji xola. — Yoʻq, qiziq emasman, toʻgʻri gapni qilyapman, Toʻraxon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Bilasizmi, Yoʻlchi, kimni sudradingiz? — Yoʻq, kim oʻzi u it? Oybek, Tanlangan asarlar
3. Gap oldidan kelib, oldingi gapda bayon etilgan fikrga eʼtirozni bildiradi.
-
Yoʻq, seni sharmanda deb taʼna eshitishni xohla-mayman. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoʻq, janobi boy, savodli bilan savodsiz hech mahalda bab-baravar emas. K. Yashin, Hamza
-
— Yoʻq, yoʻq, singlim, — yalindi Rahim Saidov —Oʻtinaman, hozir bering. Juda ham zarur! Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
4. Biror (oʻylangan) narsaning unday emasligini, yuz bermasligini bildiradi.
-
Olimjon oʻn besh kunda qaytmoqchi edi. Bir oy oʻtdi — yoʻq, ikki oy oʻtdi — yoʻq. Na xat bor, na xabar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ertoyev Barno rozi boʻlib qolmasa, deb bir seskanib tushdi, yoʻq, qiz noz bilan boshini chayqadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Yolgʻiz qoʻyni haydash nuqul azob. Boʻynidan sudrayman — yoʻq, dumbasiga arqon solib tortaman — yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
5. ot vzf. Kambagʻal, qashshoq; nochor.
-
Bor boʻlsang, koʻrolmaydi; yoʻq boʻlsang, berolmaydi. Maqol
-
Borning ishi farmon bilan, yoʻqning ishi armon bilan. Maqol
-
— Oʻlim — toʻy emas, borning pulini sochadi, yoʻqning sirini ochadi, — dedi kampir oʻgʻliga. E. Raimov, Ajab qishloq
6. Feʼlning inkor maʼnoli shaklini yasash uchun xizmat qiladi.
-
Anchadan beri koʻrga-nim yoʻq. Oʻqishga borayotgani yoʻq.
7. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan narsaga shaxsning uquvi, bardoshi, xohishi yoʻqligini bildiradi.
-
Lekin men ham maqola yozishga yoʻqman, birodar. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
-
Shunday qilib, Salimxon Obidiy kasalga yoʻqroq odam. Mirmuhsin, Umid
yo‘q soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bahosi yoʻq
-
Lekin [Oʻrmonjon] yaxshi odam, xudoga qarab aytganda, bahosi yoʻq odam. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Gap yoʻq
-
— Ziyofat qalay boʻldi? — Ey, gap yoʻq!
Gapda (yoki gap-soʻzda) yoʻq
-
Hozirgi aftini koʻrgan kishi uni [Roʻzimatni] gap-soʻzda yoʻq, oʻzi toʻnggina bir yigit gumon qilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Jahonda yoʻq
-
Soʻzlashdik, xotin, u kishi soʻzni aylantirib, sizdek baxtli ota jahonda yoʻq, dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
Zarari yoʻq
-
— Zarari yoʻq, — dedi Karimiy peshonasida toʻzgʻigan sochlarini bir bosh silkish bilan orqaga tashlab. N. Aminov, Suvarak
-
— Ha shumi? — kuldi Yoʻlchi. — Zarari yoʻq, jildirab oqyapti-ku, opa, shu ham toshishmi? Oybek, Tanlangan asarlar
Ing yoʻq, jing yoʻq
-
Qorni toʻq, egni butun boʻlsa bas. Ing yoʻq, jing yoʻq ishlayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ishi yoʻq
-
Xonning oʻlik-tirik bilan ishi yoʻq emish. Joni halak deydilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
[Samovarchining] Kelgan-ketganlar bilan unchalik ishi yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
Yoʻq boʻlmoq
-
Otasi Mahmud aka esa onasi vafot etgach, yoʻq boʻlib ketdi. Gazetadan
-
Birdan boshim aylanib, allaqanday qorongʻilik-da yoʻq boʻlib ketdim. E. Raimov, Ajab qishloq
Yoʻq deganda
-
Yoʻq deganda besh kilo keladi.
Yoʻq demoq
-
— Yoʻq desangiz, boy tilingizni kesarmidi? — boʻgʻilib dedi Gulsumbibi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yoʻq yerdagi
-
yoʻq yerdagi gʻovgʻani boshimizga sotib oldik, deb qilgan ishiga pushaymon boʻlib yotdi. Yodgor
Kun yoʻq
-
Siz uyda yoʻq vaqtlaringizda Hamdamingiz dastidan menga kun yoʻq. A. Qahhor, Asarlar
-
Yakka xoʻjalik boʻlsang, senga kun yoʻq, deb bizni kolxozga kirgani majbur qilishdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Koʻnglida kiri yoʻq
Koʻrgani (yoki koʻrarga, koʻrishga) koʻzi yoʻq
-
Ularning meni koʻrgani koʻzlari yoʻq. K. Yashin, Hamza
-
Uning [Karimovichning] koʻrarga koʻzi yoʻq: har bir yigʻinda aspirantini choʻqiy boshlardi. Mirmuhsin, Nuqra
Mazasi yoʻq
-
Imtihon qilib koʻrdim — mazasi yoʻq. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Otliqqa yoʻq
-
Kishining yuragini qon qilib yuborasan nainki men asal olsam! Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! A. Qahhor, Anor
Sanogʻi (yoki soni) yoʻq
-
Koʻrpa-toʻshagini orqalab, xor-zor yurgan odamlarning sanogʻi yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Ellikboshi Hakimboyvachchaga:] Oʻgʻri, muttaham, daydilarning soni yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
Suyagi yoʻq
-
Qabih ishlarga suyagingiz yoʻq, musallas sharʼiy deysiz. U. Ismoilov, Saylanma
Taraf yoʻq
-
Ammo xotinni uchta qilishga ham oʻyim yoʻq emas. — Sizga taraf yoʻq, togʻa! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tobi yoʻq
-
Aka, nimaga jim boʻlib ketdingiz? Tobingiz yoʻqmi? Ozibsiz-a Oybek, Tanlangan asarlar
-
Na oʻqishga, na yumushga tobi yoʻq. Guldasta
-
— Bilaman, tushunaman, kishanga tobing yoʻq, — dedi-da, Qoratoy koʻzlarini ayyorcha qisib davom etdi Oybek, Tanlangan asarlar
Tuturigʻi yoʻq
-
Shu odam ham tuturigʻi yoʻq, laychadek sermulozamat boʻlib ketyapti. A. Muxtor, Opa-singillar
Oʻzida yoʻq
-
Akajoni keltirgan jajji mashinachani qizlarga koʻz-koʻz qilib, oʻzida yoʻq xursand. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
— Jannat, jannat deyishadi-yu, jannat deganlari Qorabulogʻimizdan yaxshimikan?! — dedi u oʻzida yoʻq quvonib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
He yoʻq, be yoʻq
-
Mahallamda, he yoʻq, be yoʻq, oʻgʻlim Abdusamatni askarlikka moʻljallab qoʻyishibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Hechqisi yoʻq
-
Besh-olti mingga kuyibsan, hechqisi yoʻq. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Yoʻlchi pinagini buzmay, odatda gapirganday, dedi: — Hechqisi yoʻq; moʻysafid, bechora odam ekan, duosini olay dedim. Oybek, Tanlangan asarlar
Hisobi yoʻq
-
Mol-dunyosining hisobi yoʻq;
-
Qaytay desam — quvadi, oʻtib ketishning sira hisobi yoʻq. Turib qoldim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
YO‘Q so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘q so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar