zerik
bilan ulashing
1. Bekorchilikdan siqilmoq, ishsizlikdan diqqati oshmoq.
-
Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi. A. Qahhor, Asarlar
-
Uch kundan beri yomgʻir ezib yogʻar, hasharchilar ishga chiqmay, zerikib qolishgandi. Oʻ. Hoshimov, Bir tomchi shudring
-
Qish chillasi uyga qamalib, zerikib oʻtiruvchi yoshlarga ish topilib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Nuri opa, zerikmadingizmi? — dedi tanchaga oʻtni agʻdarib Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Har doim bir xil narsani qilishdan bezor boʻlmoq.
-
[Otabek] Uqishdan zerikkan kezlarida Hasanalining doʻkoniga chiqar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kun boʻyi ukamni yetaklab yuraman. Zerikaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ZERIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗЕРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zerik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar