Moturidiy
bilan ulashing
1. Moturidiy, Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870—944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi.
2. “Imom al-xudo”, “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yoʻli imomi, Mutakallimlar imomi) nomlari bilan ulugʻlangan.
3. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan.
4. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilganlar. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars bergan. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Muʼin an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirgan. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
MOTURIDIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОТУРИДИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Moturidiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar