alanga
bilan ulashing
1. Yonib turgan oʻtdan, olovdan koʻtarilayotgan yolqin.
-
Gaz alangasi.
-
Sham alangasi har tomondan esib turgan shabadada tebranar edi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
2. Yorugʻlik; yorugʻ shuʼla.
-
Ashulachilarning quyoshda qoraygan yuzlari mashʼallarning alangasida yiltillar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. koʻchma Oʻt oldiruvchi, joʻshqin jarayon; joʻshqinlik, hovur; yurakka oʻt soluvchi, yondiruvchi his-tuygʻu.
-
Firoq alangasi. Ishq alangasi. Urush alangasi. Gʻazab alangasi.
-
Doʻsti gʻarib, kel, qoʻlingni tut, Yuragingga yoqay alanga. A. Oripov
-
Muzday choy ichini qovurayotgan alanga taftini sap pasaytirganday boʻldi. A. Koʻchimov, Halqa
alanga soʻzi qatnashgan jumlalar:
Alanga olmoq
-
Jang maydonida dushmanning yetti tanki alanga olib yondi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
-
Oʻzbek oyimning gʻazabi tagʻin ham alanga oldi: Soʻzimni eshitasanmi, kar? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ALANGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛАНГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
alanga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar