ana
bilan ulashing
1. koʻrs. olm. Koʻz oʻngida turgan, oʻzidan nariroqda boʻlgan narsani yoki yuz berayotgan voqea-hodisani koʻrsatishda ishlatiladi.
-
— Ahmad qani? — Ana, kelyapti.
2. yuklama Koʻrsatish, taʼkid maʼnolarini ifodalaydi.
-
Ana koʻrdingmi, nima boʻldi? Ana boʻlmasa, men ketdim! Ana endi, sendan keladigan ish shu-da. Ana tantana-yu, mana tantana! yash Ana, endi borsang boʻladi. S. Ahmad, Ufq
ana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ana u
-
Men ana u soʻqmoqdan yursam ham boʻladi. A. Qahhor, Xotinlar
Ana shu
-
Sizni soʻragan ana shu kishi edi;
-
Domla bu gapni menga aytganida, darrov uning yoqasidan ushlagunday boʻlibman. Ana shu chakki boʻlgan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ana xolos!
-
Ana xolos, qozi pochchang yurtga osh berayotgan boʻlsalar, tuyaning dumi yerga tegibdi-da! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
ANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar