aniq
bilan ulashing
1. Eshitish, koʻrish, tushunish jihatdan yaxshi, toʻla ifodali.
-
Aniq javob. Aniq koʻrsatmalar. Aniq eshitmoq.
-
Saodatxon orziqib javob kutar, Tojiboy aka boʻlsa, aniq javob bermay, gapni aylantirar edi. S. Zunnunova, Olov
-
Koʻpchilik tomonidan maʼqullangan amaliy, aniq takliflar kiritildi. Gazetadan
2. Haqiqatga mos, haqiqiy.
-
Buni qarangki, shunday soddagina, lekin aniq faktlarga asoslangan fikr-mulohazalar respublika partiya tashkilotining oʻsha vaqtdagi rahbarida qahr-gʻazab uygʻotibdi. Gazetadan
3. Bekam-koʻst va toʻgʻri.
-
Aniq hisob-kitob va reja bilan boshlangan ish unumli boʻladi. Saodat
4. Belgili, maʼlum.
-
Kelish vaqti aniq.
-
Gulroʻyning faryodi sababmi yo oqsoqollarning oʻzlari aniq bir toʻxtamga kelishdimi, ishqilib, shu tunning oʻzidayoq qabristonga yoʻl olishdi. Yoshlik
5. mod. s. vzf. Fikrning chinligini bildiradi; albatta, shubhasiz.
-
Xolmirza aka ichidan shu gʻayrating boʻlsa, ikki yilda Xirmontepadan aniq ayrilamiz, deb oʻylaydi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
-
Endi kimga ogʻiz solsang, gʻiring demay tegishi aniq. S. Ahmad, Yulduz
ANIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aniq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar