tushir
bilan ulashing
1. Tushmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Yertoʻlaga tushirmoq. Tramvaydan tushirib qoʻymoq. Amaldan tushirib yubormoq. Poyezddan tushirib yubormoq. Pardani tushirmoq. Chuv tushirmoq. Arzonga tushirmoq. Qoʻlga tushirmoq. Penitsillin isitmani tushiradi.
-
Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorongʻi zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan Homid ismli bir toʻngʻizni, nihoyat, ikki yillik sargardonlik soʻngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq boʻldim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tanasi ikki qulochga sigʻmaydigan bir tup sada tevarakka tangaday oftob tushirmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻtaboy aka avval yaxshi gapirdi, keyin shovqin solib, brigadirlikdan tushiramiz, dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda, oʻzini tushirib qoldirgan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Ortilgan yukni yerga olib qoʻymoq, yukdan boʻshatmoq.
-
Yuk tushirmoq. Qurilish materiallarini vagondan tushirmoq.
-
[Yoʻlchi] Boyning doʻkoni oldiga oʻnlarcha, yuzlarcha toy gazlamani tushirib yerdan shipga qadar taxlar, yana aravani minib joʻnar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror narsa bilan urmoq, solmoq (odatda qattiq, zalvorli narsa bilan boʻladigan zarb haqida).
-
Musht tushirmoq. Tosh bilan tushirmoq.
-
U [Rohila] bor kuchini toʻplab turib, avtomatning qoʻndogʻi bilan asirning quloq chekkasiga sharaqlatib tushirdi, A. Muhiddin va H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
-
Matpano soʻyil bilan bitta itning kallasiga tushirdi. S. Siyoyev, Avaz
4. koʻchma S. t. Ishtaha bilan yemoq, ichmoq; yeb-ichib qoʻymoq. || Bir kosa shoʻrvani tushirdim.
-
Yigitlar dasturxonlar yoniga oʻtirdilar-da, sharoblarni noʻsh qilib goʻshtlarni tushira ketdilar. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Zunnunqori toʻrtta nonni choy bilan paqqos tushirib, endi holvaytarga ishtaha saqlab turgan edi, bir kishi chaqirib keldi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
Xola, koʻnglimdagini sezganday, bir kosa joʻxori goʻja olib chiqib, oldimga qoʻydi. Yarimta zogʻora non bilan tushirib oldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. Oʻqib yoki ogʻzaki, yodaki aytib tamomlamoq, tugatmoq.
-
Dostonni oʻqib tushirmoq.
-
Samad boʻqoq indamay, chetga burilib ketdi. Shukur soʻfi shom namozi uchun takbir tushira boshladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Zayniddin qoʻliga olgan kitobni tushirmaguncha qoʻymasdi. M. Osim, Sehrli soʻz
tushir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qovun tushirmoq
TUSHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tushir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar