tushkunlik
bilan ulashing
1. Tushkun holat.
-
Ichkilik tushkunlikka olib boradi.
-
Kalladagi qora xayollarni haydash kerak, tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat
-
Poʻlatning koʻzlaridagi alam aralash tushkunlikni koʻrgach dedi: — Xafa boʻlma, Poʻlat. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
2. Tarixiy jarayonda rivojlanish emas, aksincha, orqaga, quyiga ketish.
-
Iqtisodiy tushkunlik.
-
Boy tarixga ega boʻlgan Oʻzbekiston fani, muayyan tarixiy sabablarga koʻra, bir necha asr davomida tushkunlikni boshidan kechiradi. Gazetadan
tushkunlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tushkunlikka tushmoq
-
Irodali kishi hayotni hamisha toʻgʻri tushunadi, tushkunlikka tushmaydi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Bunday odam hech qachon tushkunlikka tushmaydi, nolimaydi. F. Musajonov, Himmat
TUSHKUNLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУШКУНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tushkunlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar