tushun
bilan ulashing
1. Biror gap, ish-harakat, imo-ishora va shu kabilarning maʼno, mazmunini anglamoq.
-
Hamma gaplaringizga tushundim, juda toʻgʻri. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sherali uzoqdan bir yerga toʻplab qoʻyilgan ketmonlarni koʻrgach, gap nimadaligini tushundi. S. Karomatov, Oltin qum
-
— Bu holni qandoq tushunmoq kerak, — Meʼmor shogirdining koʻzlariga qaradi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Haqiqiy holni anglamoq, bilmoq, unga baho bermoq.
-
Oʻz mavqeyini yaxshi tushunmoq. Vaziyatni tushunib ish koʻrmoq.
-
Endi, kelin, oʻzing tushunasan, yurtda ocharchilik, oshi halolga boqadi-da oʻgʻling. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
— Men sizning ahvolingizni tushunaman, — deb gap boshlagan edi, ayol shartta kesdi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Narsalarning sifat darajasi yoki belgisini yaxshi farqlay olmoq, ajrata bilmoq, farqiga bormoq; tilini bilmoq.
-
Darhaqiqat, paxtani tushuna oladigan, yerni biladigan tajribali raissan. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Ertasiga ot ogʻrib qolsa boʻladimi! Kapalagim uchib ketdi. Yaxshiki, mendan boʻlak hech kim payqamadi. Xoʻjayinim otni tariqcha tushunmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
tushun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mazasiga tushunmoq
-
Sen yuborgan pulning mazasiga tushundimi, boʻldi, haftada, oyda pul soʻrayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
TUSHUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУШУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tushun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar