tushuncha
bilan ulashing
1. Narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini, aloqa va munosabatlarini umumlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur; tafakkur shakli.
-
Soʻz turkumlari haqida tushuncha. Materiya haqida tushuncha. Qoʻshimcha qiymat tushunchasi.
2. Umuman, narsalar, hodisalar haqidagi tasavvur, tushunish.
-
Qishloqqa yangi zamonning yangi odamlari kelar va yangi nom, yangi tushuncha olib keladilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Keyingi kunlar uning [Abdulahadning] hayot haqidagi barcha tushunchalarini ostin-ustun qilib, oʻzgartirib yubordi. A. Muxtor, Chinor
-
Xalq tushunchasicha, hajga borib, tabarruk boʻlib kelgan kishining qoʻlidan bu xil pastkashliklar kelmas, agar kelsa, u asl hoji emas, yolgʻon hoji deb qaralar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Onglilik darajasi, ong.
-
Siyosiy tushuncha.
-
Bizning maqsadimiz — kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oq-u qorani oʻzi ajrata oladigan boʻlsin! P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Insonning bilim va tasavvurlari darajasi; saviya.
-
Tushunchasi past odam.
TUSHUNCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУШУНЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TUSHUNCHA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TUSHUNCHA so‘ziga berilgan ma’nolar
tushuncha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tushuncha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing