yugurik
bilan ulashing
1. Tez yuguradigan, chopadigan; chopqir, chopagʻon.
-
Kepak yegan ot yugurik boʻlmas. Maqol
-
Choʻloq odam uchun xizmatkorlik qiyin, boyoqish Qambar bu kamchilikni bildirmaslik uchun yugura-yugura yugurik boʻlib qolgandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Hayot misli bir yugurik daryo, oqadi-ketadi, surgan kayf-u safongiz qoladi, — quv koʻzlarini suzib iljaydi Eshonxon. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Ikkov minib tulpor otti, Chopmoqqa havasi ketdi, Kimning oti yugurik, deb. Erali va Sherali
2. Ildam, tez harakat qiladigan; chaqqon, tez (oyoq, qoʻl, til haqida).
-
Yugurik barmoqlar. Yugurik oyoq. Qoʻl yugurigi — oshga, Til yugurigi — boshga. Maqol
-
U [Abdishukur] bolalik chogʻida dadasi bilan birga yangi shaharda rezavor sotib yurgandayoq, ruschaga tili yugurik boʻlib qolgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
yugurik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqli yugurik
-
— Ne-ne aqli yugurik donishlar jon bermagan bu yoʻlni solguncha — dedi buva. Y. Shamsharov, Koʻrk meʼmorlari
YUGURIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮГУРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yugurik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar