yugurdak
bilan ulashing
1. Birovga xizmat qilib turadigan shaxs; xizmatkor, malay.
-
U [Yoʻlchi] soʻramasa ham, choyxonachining yugurdagi choy qoʻyib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ibodilla, boy bolasi boʻlgani bilan, otasining yugurdagi, xolos. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Yordamchi, dastyor.
-
Mana, oyim, sizga yana bir dastyor — yugurdak topib keldim. Oydin, Hazil emish
3. eskirgan Biror idoraning xat-xabarlarini tegishli kishilarga yoki muassasalarga tashuvchi xodim; xat tashuvchi.
-
Madraimni selsovet [qishloq kengashi]ning oʻsha vaqtdagi raisi rayonga olib borib, ijroqoʻm yugurdagi qilib qoʻydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. salb. Birovning buyrugʻini yoki topshirigʻini xushomadgoʻylik bilan bajaruv-chi; laganbardor, malay.
-
Amaldorlarning yugurdaklari koʻcha-koʻylarda odam oʻldirishga kirishdilar. S. Ayniy, Jallodlar
5. aynan Yugurik 2.
-
Yugurdak oyoqqa kavush topilar. Maqol
-
Gulshan degani shakkokroq, tili yugurdak, oʻzi ziyrak-tuygʻun edi. H. Shams, Dushman
YUGURDAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮГУРДАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yugurdak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar