yugur
bilan ulashing
1. Irgʻishlab, biror yoʻnalishda tez harakat qilmoq; chopmoq.
-
Bor kuchi bilan yugurmoq. Bola yugurib, tepalikka chiqdi.
-
Shu mahal bir toʻda bola chugʻurlashib, guzar tomonga yugurib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gulnor bilan Unsin tanchada oʻtirib, bir-biriga mehribon egachi-singilday soʻzlasharkan, bolalardan biri yugurib keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. sprt. Yugurish bilan shugʻullanmoq; yugurishda qatnashmoq.
-
Qayerdadir muzika yangrar, maydon chetidagi yoʻlkalarda maykachan qizlar yugurishardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma Biror ish yoki maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilmoq; harakatida boʻlmoq, urinmoq.
-
Oʻqishning ketidan yugurmoq. Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol
-
Rais Umurzoq otaga oʻxshash obroʻli, tajribakor paxtakorlarni qoʻlga olish niyatida ozmuncha yugurmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. Biror joy, tomonga oshigʻich, tez harakatda boʻlmoq, yoʻl olmoq.
-
Bugun Gavharning telegrammasini olish bilan vokzalga yugurdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bu Otabekni Toshkentdan uylantirib, boshini bogʻlamasak, kun sayin uning Margʻilon yugurishidan qutula olmasmiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Tezlik bilan harakatlanmoq (suv, shamol kabilarning harakati haqida).
-
Qishloq oʻrtasidan oʻtadigan ikki soy toshlardan toshlarga urilib, koʻpirib, uzoq paxta dalalariga qarab yuguradi. Mirmuhsin, Hamzaobodda
-
Mirzachoʻlning och bagʻriga Yugurganda Sirdaryo Oʻylaganmi edi shunday Chamanlar yaratishni. T. Toʻla
6. koʻchma Paydo boʻlmoq, namoyon boʻlmoq, koʻrinmoq (biror xususiyat, belgi, holat va shu kabilar haqida).
-
Uning yuziga qon yugurdi.
-
[Ibn Sino] Nazari satrlar oralab yoʻrgʻalarkan, yer ostidan xazina topgan kishidek, qoʻllari asta titraydi, yuziga gʻalati tabassum yuguradi. M. Osim, Kitobga ixlos
-
Malohat Karimovaning yuzlariga qizil yugurdi, yuzidagi kuldirgichlar husniga husn qoʻshdi, koʻzlari charaqlab ketdi. Oydin, Asl yor
-
Endi har ikkovining ham yuziga jiddiyat yugurdi. H. Shams, Dushman
YUGUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮГУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yugur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar