aʼzo
bilan ulashing
1. Odam yoki hayvon organizmining muayyan bir vazifani bajaruvchi qismi.
-
Sezgi aʼzolari. Ichki aʼzolar.
-
Har bir aʼzosi qaqshab ogʻrirdi. Sharq yulduzi
2. Kishining butun vujudi; badan, tana.
-
— Siz nima javob berdingiz? — dedi butun aʼzosini titroq bosgan Gulsumbibi qichqirib. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror guruh, hudud va shu kabilarda yashovchi, unga mansub shaxs.
-
Oila aʼzosi. Mahalla aʼzolari.
4. Biror guruh, kengash, jamoa, jamiyat va shu kabilarga rasmiy qabul qilingan, saylangan, unda faoliyat koʻrsatuvchi shaxs, jamiyat, mamlakat va shu kabilar.
-
Partiya aʼzosi. Kengash aʼzosi.
-
Guruh aʼzolari qidiruv ishlarini moy tomchisi izidan boshlashga qaror qilishdi. Gazetadan
-
Jahon hamjamiyatining teng huquqli bir aʼzosiga aylangan Oʻzbekiston hech qachon urush tarafdori emas va u tinchlik uchun kurashda mudom ishtirok etaveradi. Gazetadan
aʼzo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aʼzoyi badan
-
Ota uyiga yetib borganida ham aʼzoyi badanidagi qaltiroq bosilmadi. S. Nurov, Narvon
AʼZO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЪЗО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aʼzo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar