azob
bilan ulashing
1. Jismoniy yoki ruhiy qiynoq.
-
Vijdon azobi. Ruhiy azob. Ilgari yoʻl azobi— goʻr azobi derdilar.
-
[Gʻulomjon] Yuragidagi bor dardlarini, tortgan azoblarini bir-bir aytib berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati.
-
[Xadicha] Oʻgʻli ne-ne azob bilan yasagan stollar, oʻrindiqlarning tashqariga chiqarib uyilayotgan siniqlarini koʻrib, dod solib yubordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
azob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Azob bermoq
-
Yoʻtal yomon azob beryapti.
-
Zindonbonning daromadi qamalganlarga azob berish vositasi bilan ulardan olinadigan 4-5 tanga puldir. S. Ayniy, Doxunda
Azob chekmoq (yoki tortmoq)
-
Ayol tun boʻyi azob chekib, tongotarga yaqin koʻzi yoridi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ochlikdan nechogʻliq azob tortganini Navoiy ham eshitgan boʻlsa kerak. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Goʻr azobi
-
Goʻr azobida yetishtirgan paxtasini zavodga keltirib, suv-tekin sotadi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
It azobida
-
It azobida tunni oʻtkazdi. S. Siyoyev
Nima azob
-
— Nima azob, dadasi, oʻpkangiz qirilib ketdi-yu,— Oyshabonu eriga achinib gapirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
AZOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЗОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
AZOB so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan AZOB so‘ziga berilgan ma’nolar
azob so‘ziga yangi izoh qo‘shing
azob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar