baqamti
bilan ulashing
1. ravish Bir-biriga yuzlangan holatda, bir-biriga qaragan holda; bir-biriga yaqin, yuzma-yuz, roʻbaroʻ.
-
Kamol Jalolov montajchi bilan baqamti, doʻstona suhbatlashdi. Gazetadan
-
— Mana endi baqamti gaplashaylik,— dedi Jahongirov. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Endi men Husan aka bilan baqamti oʻtirib gaplashishni istardim. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. Baqamti qilmoq Yuzma-yuz qilmoq, yuzlashtirmoq, uchrashtirmoq.
-
Oralaridan gap qochib, oʻrtalaridan qora mushuk oʻtgan paytlarda Rahimov koʻpincha ikkovini baqamti qilib, ahil boʻlinglar, deb nasihat qilardi. S. Ahmad, Jimjitlik
baqamti soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baqamti kelmoq
-
Oftob oʻchayotgan mahal ikki odam bir-biriga baqamti kelib, churq etmay turardi. S. Ahmad, Jimjitlik
BAQAMTI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚАМТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqamti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar