Avesto
bilan ulashing
1. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha Zend-Avesto, yaʼni tafsir qilingan matn deb ataladi) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari toʻplami.
2. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, Avesto Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik maʼlumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.
3. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan maʼlumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan.
AVESTO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВЕСТО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Avesto so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar