timdala
bilan ulashing
Tirnoqlar yoki oʻtkir uchli buyumlar bilan tilmoq, yulmoq; tirnamoq.
-
Mushuk bilan oʻynashma, timdalab oladi.
-
Onasiga yuragi achishdi. Xayolida onasi sochlarini yulib, yuzlarini timdalab yigʻlab turardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
timdala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragini (yoki qalbini, ichini) timdalamoq
-
Ayiqchadan ayrilib, ichini nimalar timdala-yotganini faqat oʻzi bilardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Bu qoʻrqinchli xabar ikki kundan beri uning qalbini timdalar aytay desa, tili bermasdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Bobur yaqindagina yayrab-yashnab yurgan onasini hozir bu ahvolda koʻrib, yuragini bir narsa timdalab oʻtdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
TIMDALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИМДАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
timdala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar