tim
bilan ulashing
Usti yopiq bozor; savdo rastasining baland tomi; karvonsaroy.
-
Gʻarchcha moy! Uning jarangli ovozi rastaning timini teshgunday yangrardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Abdullaxon soldirgan qubbali timning ichi ari inidek gʻuvullar edi. M. Osim, Elchilar
-
Matchon tura karvonsaroy tomonga, timga burildi. J. Sharipov, Xorazm
Qora, qorongʻilik kabi soʻzlar oldidan ishlatiladigan kuchaytiruv yuklamasi.
-
Tim qora soch. Tim qorongʻi tun.
-
Otinoyi oltmishlarga borgan, tishlari tushgan, faqat tishqolidan tim qoraygan ikki tishi gapirganda liqillab turar edi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Tim qorongʻilik ichida uzoqdan yulduzlar jimir-jimir koʻz qisar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
sheva Mutlaqo, sira, hech.
-
Xon Dalli bu soʻzlarni eshitib, yuragida tim toqati qolmadi, eri mard Hasanga qarab bir soʻz dedi. Ravshan
TIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar