achchiq
bilan ulashing
1. Taʼmi ogʻiz-tilni achitadigan, lovullatadigan.
-
Achchiq garmdori.
-
Fargʻona vodiysidan boshqa joylarga ekiladigan turp negadir achchiq taʼm, taxir mazaga ega boʻladi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
2. Nordon, tishni qamashtiradigan.
-
Achchiq (donali) anor.
-
Otasi achchiq olma yesa, oʻgʻlining tishi qamashadi. Maqol
3. Sezgi aʼzolariga qattiq taʼsir qiladigan, oʻyuvchi.
-
Achchiq gaz. Achchiq tamaki. Achchiq hid.
-
Jiqqa hoʻl oʻtin yolgʻiz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buriqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Jazillatadigan, jonni achitadigan.
-
Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Tashqarida shamol uvullar, achchiq sovuq naq badanni kesib ketguday edi. Gazetadan
-
[Sherbek] Toʻrigʻini egarladi. Oʻzini egar ustiga olar-olmas, otga achchiq qamchi bosdi. S. Anorboyev, Oqsoy
5. koʻchma Kishiga qattiq tegadigan, koʻngilga ozor beradigan; qattiq, noxush.
-
Achchiq istehzo. Achchiq tanqid. Haq soʻz — achchiq soʻz. Maqol
-
U hatto bu achchiq taʼnalarni eshitmaganday.. sur boʻlib turardi. Mirmuhsin, Umid
6. koʻchma Gʻam-iztirobli; alamli.
-
Uning achchiq koʻz yoshlari har qanday odamga taʼsir qilmasdan qolmasdi. Yoshlik
-
Cheki koʻrinmas bu soʻqmoq yoʻlovchining madorini, nainki madorini, jonini oladigan qismatday achchiq. Saodat
7. ot Qahr, jahl; zarda.
-
Hozir mening achchigʻim ham qahrim bor. Erali va Sherali
-
Bobongning achchigʻi qursin, yomondir. Nurali
8. ot Qiyinchilik, mashaqqat; gʻam-gʻussa, gʻam-hasrat; azob-uqubat,
-
Achchiq bilan chuchukni totgan bilur, uzoq bilan yaqinni yurgan bilur. Maqol
-
Bir achchiqning bir chuchugi bor. Maqol
-
Turmushning achchiqlarini totib koʻrgan.. qadimgi batrak Abdurasul bu kunlarda oʻz muddaosining amalga oshayotganini his etar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
achchiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Achchiq choy
-
..chol mayingina kulib qoʻydi va xizmat qilayotganlarga bitta achchiq choy olib kelishni buyurdi. Gazetadan
Tili achchiq
-
Elmurodga rota komandiri yoqmadi: qalampir, tili achchiq, har gapni pisanda qilganday burab gapiradi. Shuhrat, Shinelli yillar
Achchigʻi burnining ustida (yoki uchida)
-
— Ha, qizi tushmagur. Nafasini ham chiqarmaydi-ya. Achchigʻi ham burnining uchida, — dedi Murotali. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Achchigʻi kelmoq (yoki chiqmoq, qistamoq)
-
Goʻroʻgʻlining achchigʻi kelganini bilib.. Soqi oʻrnidan turdi. Malikayi ayyor
-
Xurshid achchigʻi chiqdi, deb oʻyladi.. N. Aminov, Qahqaha
-
Aytsam, yana achchigʻingiz qistaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Achchiq ustida
-
Bas endi, achchiq ustida har kim har gapni aytadi. Hamza
Achchiq qilmoq
-
Bir talatoʻpni sotib olding, qattiq gapirding, deb achchiq qildi. Malikayi ayyor
Jon achchigʻida
-
Ot jon achchigʻida old oyoqlarini devor baravar koʻtarib sapchidi. S. Ahmad, Ufq
-
U [Ortiq] sapchib oʻrnidan turib.. jon achchigʻida mashina orqasiga aylanib oʻtib, brezentni ochib tashlab, oʻrindiqlar tagini titkilay ketdi. M. Mansurov, Yombi
ACHCHIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЧЧИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
achchiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar