tilyog‘lama
bilan ulashing
1. Munofiqona xushmuomalalik, shirinsoʻzlik bilan kishining koʻnglini olishga qaratilgan, aldovchi; laqillatuvchi, (gap-soʻz, muomala haqida).
-
Direktorning tilyogʻlama gaplari Maqsud akani boʻshashtirdi. Gazetadan
-
Inspektor oldiga kirib borganimda, u meni munofiqona tilyogʻlama soʻzlar bilan qabul qildi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Shunday muomalani kasb qilib olgan shaxs.
-
— Men tilyogʻlama odamni yomon koʻraman! — dedi Alijon Faridaga. Mirmuhsin, Chiniqish
-
Qoʻshnilar seni oʻlgudek tilyogʻlama derdi-ya, darhaqiqat, shakaring tilingda, zaharing dilingda ekan! Tanish basharalar
TILYOG‘LAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛЁҒЛАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tilyog‘lama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar