ol
bilan ulashing
1. Narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qoʻlga kiritmoq.
-
Ariqdan suv olmoq.
-
Saodatxon kapalak ushlagandek ehtiyotlik bilan qutichani qoʻliga oldi. S. Zunnunova, Olov
-
Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yoʻlchi ketmonni olib, ishiga joʻnadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2.
-
2) kelishmoq, roziligini olmoq.
3. Qabul qilmoq; yollamoq.
-
Ishga olmoq. Bolaga enaga olmoq.
4. Boʻshatmoq, bekor qilmoq, tushirmoq.
-
Sizni bugundan boshlab ishdan oldik.
-
U avvalgi direktorimizning boshiga tuhmat yogʻdirib, ishdan oldirdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
5. Qirqib, kesib, tortib, sugʻurib chiqarmoq.
-
Tirnoq olmoq. Qoʻyning junini olmoq. Soch olmoq. Oyoqqa kirgan tikanni olmoq.
-
[Ali oxun] Doʻppisi ichiga toʻgʻnalgan ignani oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Yechmoq, solmoq.
-
Xotin boshidan jun roʻmolini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana oʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
7. Tushirmoq, boʻshatmoq; xoli qilmoq.
-
Yelkasidan yukini olmoq. Mashinadagi yashiklarni olmoq.
-
Usta Olim otning jilovidan qoʻlini olib, soʻradi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
8. Qoʻlga kiritmoq; ega boʻlmoq.
-
Daromad olmoq. Paxtadan moʻl hosil oldik.
-
[Yoʻlchi] Ikki yarim yil boyning boʻyinturugʻini sudradi. Nima oldi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Feruza Yigitaliyeva shu olimpiada-da bir yil birinchi oʻrinni oldi. S. Ahmad, Yulduz
9. Yemoq, yemoq-ichmoq, tanovul qilmoq.
-
Hammasi sizning tegishingiz, hech kimga qaramang. Baliqni oling! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
10. Oʻziga singdirmoq, qabul etmoq.
-
Rangni yaxshi oladigan ipak.
11. Paydo qilmoq, hosil etmoq, yigʻmoq.
-
Yara yiring olibdi. Gʻoʻzalar koʻsak oldi.
12. Aytmoq, kuylamoq.
-
“Nasrulloyi”, Girya ol! Ibodxoʻja, Figʻonni ol! Shukrullo, Saylanma
-
Zoʻr qoʻshiqlardan bittasini oʻrganib, katta toʻyda oʻrtaga chiqib, bir olayki. A. Koʻchimov, Halqa
13. Uylanmoq, xotin olmoq.
-
[Zuhra:] Yosh qizni olganing bir sari, endi buni oʻqishdan qoʻyib, kurortga olib ketayotganing nimasi? A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
14. Xarid qilmoq.
-
Bu paltoni necha pulga oldingiz? Hovli olma — qoʻshni ol. Maqol
-
Ancha narsa oldik Senga bir joʻra beqasam. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
15. Qoʻlga kiritmoq, qozonmoq.
-
Obroʻ olmoq. Erkinlik olmoq. Darsdan aʼlo baho oldim. Ilmiy daraja olmoq. Olqish olgan omondir, qargʻish olgan yomondir. Maqol
-
Oʻn besh kunlik sinovdan keyin traktorchi nomini oldik. A. Qahhor, Xotinlar
16. Ketkazmoq, yoʻqotmoq.
-
Chayonning zahrini chayon oladi. Maqol
-
Fotihadan keyin Oftob oyim kuyovga qatiq olib chiqdi va Otabekning ichmaganiga ham qoʻymay, ichingiz, yoʻl gʻuborini oladir, deb qistay boshladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
17. Qoplamoq, chulgʻamoq, oʻramoq, tutmoq.
-
Toʻqayni oʻt olgan. Kabobning hidi butun hovlini oldi. Meni isitma oldi.
-
Sen bundan ketmaysan omon, oʻngu soʻlni olsa tuman. Yodgor
18. Egallamoq, ishgʻol qilmoq, band etmoq.
-
Royal koʻp joyni oldi. Goʻroʻgʻli kelib, falon shaharni olibdi, desa semirib, eshikdan ichkariga bazoʻr kiraman. Gulixiromon
-
Mojaro ustiga Fosih afandi kirib qoldi. U toʻgʻri ayvonga chiqib, mingboshining pinjidan joy oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
19. Qamashtirmoq.
-
Tong yorishib, qamish poyalari oftob tigʻida lov-lov yonayotganga oʻxshab koʻzni oladi. S. Ahmad, Ufq
20. Yetakchi feʼl sifatida ot turkumidagi soʻzlar bilan birikib, qoʻshma feʼl yasaydi, masalan,
-
amal olmoq, avj olmoq, alanga olmoq, bahra olmoq, bosh olmoq, yonini olmoq, yosh olmoq.
21. Ravishdosh shaklida boshqa feʼllar bilan birikib, qoʻshma feʼl hosil qiladi, masalan
-
olib bermoq, olib bormoq, olib kelmoq, ola bilmoq, ola boshlamoq, ola kelmoq. Uzum suv olib qoldi.
22. -i(b) affiksli ravishdoshlar bilan birikib, qoʻshma feʼl hosil qiladi va ish-harakatning oʻzi uchun bajarilganligini bildiradi, masalan
-
bilib olmoq, tortib olmoq, yetib olmoq, yigʻib olmoq, sugʻurib olmoq, yoza olmoq, qila olmoq.
ol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bagʻriga olmoq
-
Bolani bagʻriga olib, ancha vaqt yigʻladi. M. Mahmudov, Bulbuligoʻyo
-
Kolxoz., bularni xursandlik bilan oʻz bagʻriga olar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qoʻlini olmoq
-
Usta Olim Otabekning qoʻlini olib soʻrashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
Qoʻltigʻiga olmoq
-
Yormat esa Yoʻlchini oʻz qoʻltigʻiga olib, boshqalarga qarshi qoʻyishni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qoʻltigʻidan olmoq
Amal olmoq
-
Daraxtlar deyarli hammasi amal olib, ancha yuksalib qolgan edi. M. M. Doʻst, Lolazor
Boʻyniga olmoq
-
Bu sheʼrni oʻqigan baʼzi tanish-bilishlarim, qarilikni boʻyniga olib qolibdi-da, deb oʻylashlari mumkin. Shukrullo, Saylanma;
Yigʻim-terimni olmoq
-
U yigʻim-terimni olgandan keyin Farhodga ketib, qishi bilan oʻsha yerda qolib ketdi. A. Qahhor, Xotinlar
Teskarisiga olmoq
-
Men joʻrttaga baʼzi gaplarni teskarisiga olib koʻrsam ham, u churq etmaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yuz olmoq
-
Kun baralla koʻtarilib, qiyomga yuz oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qalamga olmoq
-
Bu kun men shu Oʻtgan kunlarni qalamga olganimda ham, oʻsha oʻzimni zeriktirgan faslni tashlab oʻtishga majbur boʻldim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qarshi olmoq
-
Mehmonlarni non-tuz bilan qarshi olishdi. Gazetadan
Qiyigʻiga olmoq
Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan
-
Bizning qishloqda Gʻofurjon degan qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan, buning ustiga hech kimi yoʻq bir yigit bor edi. A. Qahhor, Xotinlar
OL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar