tilsiz
bilan ulashing
1. Ogʻiz boʻshligʻida tili boʻlmagan, tili yoʻq.
2. Soʻzlash qobiliyatiga ega boʻlmagan, soʻzlay olmaydigan.
-
Bechora tilsiz jonivor egasining bu jinniliklariga quloqlarini jim-gina chimirib chidab bergan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yoʻlchi tilsiz kabi, gʻayrishuuriy ravishda boshini chayqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Gap-soʻzsiz, indamay.
-
Unsin ham, kampir ham harakatsiz, tilsiz qotib qoldilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mendan tilsizgina bir narsa soʻrar, Yolvorib fikrimga termiladi u. R. Parfi, Koʻzlar
-
Kutilmagan gʻazabga uchragan Bozorov nima deyishini bilmay, tilsiz, harakatsiz yogʻochday qotib turardi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Churq etgan ovoz eshitilmaydigan, jimjit.
-
Bir kun tilsiz kechaning Kirib qoʻyniga, Ashurni yoʻq qilishni Oldi boʻyniga. Gʻayratiy
tilsiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tilsiz yov
-
Quruq ayoz— tilsiz yov. Maqol
-
Lashkarimni yutar edi ajdaho, Boʻlolmadim tilsiz yovga barobar. Shirin bilan Shakar
TILSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tilsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar