pesh
bilan ulashing
1. Baʼzi narsalarning oldinga qaragan tomoni, labi, cheti, qirgʻogʻi.
-
Ayvonning peshi.
-
— Ayajon, ayyomingiz muborak! — deb sovgʻa-salomni ayvonning peshiga qoʻydi-da, onasiga kiftini tutdi. K. Yashin, Hamza
-
U qopidan ketmonini olib, peshini egovlay boshladi. Sharq yulduzi
2. Kiyimning old etagi, bari.
-
Kamzulingning peshini bossam, gard boʻlar, Oshiqlik deganing qiyin dard boʻlar. Qoʻshiqlar
-
Argʻunshoh tiz choʻkib, podshohning etaklarini yuziga surtmoqchi boʻlgandi, Shohrux uning qoʻlidan peshini tortib oldi. B. Ahmedov, Ulugʻbek
-
Yenglari shimarilgan Komiljon, etagining peshini qayirib olgan Davronov eng oldinda borardi. I. Rahim, Ixlos
pesh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pesh keltirmoq
-
— Agronom ilmi ham, yer haydasang — kuz hayda, kuz haydamasang — yuz hayda, deydi, — dedi xalq maqolini pesh keltirib Sotiboldi ota. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
Pesh qilmoq
-
Oʻz xizmatlarini pesh qilmoq.
-
Xalqqa tuhmat qilmang. Siz mehnatkash xalqqa nima karomat koʻrsata qoldingizki, unga doʻstligingizni pesh qilasiz? K. Yashin, Hamza
-
Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin, Alisher qalamni koʻrsatgan, xolos. A. Oripov, Yurtim shamoli
1. f. [ — oldinda; yonida,yaqinida]
2. ravish (birin-ketin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiruvchi ikki feʼl oldida takrorlanganda) Fursat utmasdan, darrov, darhol, peshma-pesh.
-
Pesh terilgan paxtani pesh topshirib turmoq.
-
[Iqbol satang] Hovli sahnini koʻzdan kechirdi. Hamma yoq chinnidek. Shuncha daraxt-u, tagida bitta barg koʻrinmaydi. Pesh tushganini pesh olib turadimi deyman, — oʻylay ketdi u, — qachon qarasang, [Mehrinisoning] hovlisi yogʻ tomsa yalagudek. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Egningizdan pesh tushgan kiyimni pesh yuvib turgan boʻlsak S. Ahmad, Yulduz
PESH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЕШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pesh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar