peshin
bilan ulashing
1. Kunning yarmi oʻtgan payt.
-
Jahongir yashagan qishloqqa ertasi kun peshinga yetib borishdi. Sharq yulduzi
-
Yaxshiboyev ikkimiz yolgʻiz qoldik. Vaqt peshinga ogʻib borardi. Uzoqda togʻlar qorayib koʻrinadi. M. M. Doʻst, Lolazor.
2. din. Kun yarmida oʻqiladigan namoz.
-
Peshinni oʻqimoq.
-
— Oʻzimiz ham tamaddi qilib olaylik, — dedi Maxsum peshin namoziga hozirlik koʻrayotib. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Uch doʻst, peshin qazosi oʻtguncha, Inoqiy madrasasining bir kunjagida bekinib oʻtirdilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xoʻja Xizr har kuni peshin namozini Buxorodagi Magʻoki Attori masjidida oʻqir ekan. Gazetadan
peshin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oxir (yoki kech) peshin
-
— Vaqt oxir peshin boʻlib qolgan edi. Qornim ochgan — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
PESHIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЕШИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
peshin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar