do‘lana
bilan ulashing
1. Raʼnodoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, koʻpincha togʻli joylarda yovvoyi holda oʻsadigan, sariq yoki qizgʻish, dumaloq mevali daraxt va uning yeyishli mevasi.
-
Jondan kechmasang — jonona qayda, toqqa chiqmasang — doʻlana qayda? Maqol
-
Toʻp-toʻp oʻsgan yovvoyi doʻlana, naʼmatak shoxlarida chumchuqlar chugʻurlashardi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Shu daraxt yogʻochidan ishlangan munchoq.
-
U [amaki] yoʻgʻon kalta barmoqlari bilan ayvonda doʻlana tasbeh oʻgirib oʻtirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Eshakka doʻlana taqqandek, senga fartuqni kim ilib qoʻydi? I. Rahim, Ixlos
DO‘LANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЎЛАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
do‘lana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar