do‘l
bilan ulashing
Yumaloq va boshqalar turli shakl, turli kattalikdagi muz parchalaridan iborat atmosfera yogʻini.
-
Ayrilgan yoʻlda qolar, Boʻlingan — doʻlda. Maqol
-
Doʻl shunday shiddat bilan yogʻar ediki, yerdan chang koʻtarilib, havoni gʻubor bosdi, kunduz qorongʻilashdi. N. Safarov, Olovli izlar
do‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:
Doʻlda qolganday
-
Yur, Sodiq jiyanim, basharangmi bu yoki doʻlda qolgan tappimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tegirmon toshi tepasiga oʻrnatilgan piramida shaklidagi idish, xampa (tortiladigan don doʻlga solinib, undan kosa orqali toshga tushadi).
-
Yoʻlchi yoʻlini bilar, tegirmonchi —doʻlini. Maqol
-
Sahar paytlarida ikki doʻlni yangi bugʻdoylar bilan toʻlgʻazgach, Egamberdi aka uxlashga yotadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Urush maydonlarida yoki ulkan tantanalarda chalinadigan katta nogʻora.
-
Karnay-surnay, doʻl, nogʻoralarning taka-tumi osmon yoqasini yirtib solgudek. K. Yashin, Hamza
-
Doʻl qoqa olaman, karnay chala olaman. Q. Mirzo, Olam goʻzal
DO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
do‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar