do‘mboq
bilan ulashing
1. Doʻmpaygan, doʻmpayib (koʻtarilib) chiqqan.
-
Doʻmboq peshona. Doʻmboq joy.
-
Qoʻllarini pastga tushirib, doʻmboq tizzalarini yopib oʻtirdi. S. Nurov, Narvon
-
tepalikdagi xarob qishloq goʻristoni va onasining doʻmboq qabrigina butun chinligi bilan uning koʻzlariga qadaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Doʻmpayib, koʻtarilib turgan joy yoki narsa.
-
Peshonasida doʻmbogʻi bor.
-
Uchlarida botayotgan quyoshning shulasi oʻynagan ikkita adil oq qayin orasida doʻmboq paydo boʻldi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. koʻchma Toʻladan kelgan, semiz, loʻppi.
-
Doʻmboq bola.
-
Yoʻlda Shamsiqamar degan doʻmboq juvon bilan uchrashib qoldi. Mirmuhsin, Umid
-
Temirbek doʻmboqqina yigit, jindek ovsarligi va dovdirligi ham bor. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
DO‘MBOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЎМБОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DO‘MBOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
do‘mboq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
do‘mboq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar