bot
bilan ulashing
1. Suyuqlik, sochiluvchan jism va shu kabilar ichiga yorib kirmoq. choʻmmoq.
-
Suvga tomgan yogʻ botmas. Maqol
-
[Shokir ota] Oldida yotgan kerakli asboblarni tez topa olmas, kuvani qidirgan qoʻli shirach kosaga botar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kechagi chorshanba bozor bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u, sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. Askiya
2. Belanmoq, koʻmilmoq; qoplanmoq.
-
Terga botmoq. Qonga botmoq.
-
Yusufbek shunday qarasa, Amirbek oʻzidan ketib qolyapti, hamma yeri bilchillab, qonga botib kelayapti. Yusuf va Ahmad
-
Zambarakning oʻqi tegdi sonima, Oq koʻylagim botdi qizil qonima. Qoʻshiqlar
-
Otlar oppoq koʻpikka botgan, har junidan ter ketgan Yusuf va Ahmad
-
Madaminning yoʻgʻon, semiz qora barmoqlari yoqqa botgan guruchlar orasida oʻrmalay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U [Rukniddin] terga botib, suv boʻlib ketgan edi. Mirmuhsin, Temur Malik
3. Gʻarq boʻlmoq, choʻkmoq.
-
Dushman kemasi suvga botdi. Tavakkalchining kemasi botmas. Maqol
4. Bosib, ezib yoki yorib ichiga kirmoq; koʻmilmoq; suqilmoq, sanchilmoq.
-
Badaniga achchiq qamchi botibdi. Yusuf va Ahmad
-
Etak yarim boʻlar-boʻlmas, bogʻichi boʻynini kesib yuborguday botadi. S. Nurov, Narvon
-
Bilaguzuk bilagima botadi. Usta yigit roʻmolimdan tortadi. Qoʻshiqlar
-
Ularning oʻlimi bu xoin cholning Koʻksiga xanjardek abadiy botdi. X. Davron, Qaqnus
-
Qilich, nayza sindi-da, Ikkoviga botmaydi. Nurali
5. Tiqilib yoki koʻmilib, yurolmay qolmoq, zoʻrgʻa yurmoq.
-
Etigi toʻpigʻigacha loyga botib ketdi. Yoshlik
-
Baʼzan Bektemir tizzagacha loyga botadi. Kalavlanadi, yiqiladi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Oldinda barxan tepa paydo boʻlib, mashina undan oʻta olmay, gʻarillay-gʻarillay qumga botib qoldi. M. Mansurov, Yombi
-
Tizzasigacha tuproqqa botib, bir yonboshiga qiyshayib qoldi. S. Ahmad, Ufq
6. Qarzga botmoq Katta miqdorda qarz boʻlmoq.
-
Otamurodni uylantirganlarida qarzga botdi. Sharq yulduzi
7. koʻchma Biror ruhiy holatga tushmoq, koʻmilmoq; biror salbiy muhit, gʻoya va shu kabilar taʼsiriga berilib yoki girdobiga tushib qolmoq.
-
Sherbek xayolga botib, uzoq jim qoldi, soʻng chuqur uh tortdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Gulnor boshini egib, chuqur sukutga botdi, bir lahzada yuzini iztirob koʻlankasi qopladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ularga tikilib goh jilmaydi, goh qaygʻuga botdi. Yoshlik
-
Gunohga botasizlar! Bor, yuz-qoʻlingni yuvib chiq, xazon boʻlgur. Hamza
-
— Dadasi! Gunohga botmang, dadasi! — dedi chirillab. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
8. koʻchma Qattiq tegmoq, ogʻir tuyulmoq.
-
Bu gap menga ancha ogʻir botdi, lekin chidadim. Yoshlik
-
Isfandiyorning beandisha mulohazasi bosh vazirga ogʻir botdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Lodon deding, sening soʻzing menga botibdi, Shunday lodon necha devni yutibdi. Malikayi ayyor
9. Ichkari tomon ezilib, botiq hosil boʻlmoq, ichkari kirmoq.
-
Ali tajang bir tomoni ichiga botgan kaskasini koʻzigacha bostirib kiydi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Uning qizarinqiragan koʻzlari ich-ichiga botib ketgan edi. S. Zunnunova, Olov
10. Ufq orqasiga yashirinmoq, yashirinib, koʻzdan gʻoyib boʻlmoq (asosan Quyosh, Oy haqida).
-
Kun qizarib botsa, qizingni uzat, Tong qizarib otsa, tomingni tuza t. Maqol
-
Oy botsa ham, boy yotmas. Maqol
-
Mana uzzukun butun borliqni qizdirib, oʻz kuchini koʻrsatgan quyosh ufqni olovlantirib botmoqda. Gazetadan
11. Singmoq, hazm boʻlmoq; nasib qilmoq.
-
Birovni norozi qilib olingan non menga botmaydi. Sharq yulduzi
-
Ayronni qanday ichayin, Och yuragimga botmaydi. Nurali
bot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ayil botmoq
-
Bu gaplar Nazokatga ayil botdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Ayil botadigan joyi shun-daki, oʻz ayblarini yashirish, odamlar fikrini chalgʻitish niyatida sofdil kishilar ustidan tuhmatlar uyushtiradi. Mushtum
BOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar